Yopiq eşik doim sirlidir. Qiziquvçan inson ongi tösiq ortida qanday xazina borligini öziça tahmin qilaveradi. Haqiqatdan ham, Ka'bai muazzamaning tilla eşiklari ortida nimalar borligi köpçilikni qiziqtiradi. Bir neça yuz yil muqaddam bu savolga hojat bölmagan, çunki uning içiga xohlagan inson kirişi mumkin edi. Hozir odamlar Ka'baning içiga kirişni qöya turing, tiqilinçda qora toşga qöllari tegsa katta gap. Ka'ba içini tozalaş marosimi Payğambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)dan sunnatligi bois, şunda faqat davlat arboblari yoki yuqori martabali mehmonlargina bunday şarafga sazovor böladilar. Axir, har kuni eşik oçilaversa, minglab ziyoratçilar undagi tinçlik, osoyiştalik va sokinlikka aziyat yetkazişlari tabiiy. Muxlis.uz sayti bu haqda ma'lumot bermoqda.
Xöş, ayni paytda içkarida nimalar bor?
Eşikdan boşlaylik. Eşikni bezaşga işlatilgan tillaning miqdori uning – “oltin eşik” deb nomlanişiga va unga “dunyodagi eng qimmatbaho eşik” maqomi berilişiga haqli, lekin eng asosiysi u borliqdagi eng mö'tabar dargohga yetaklovçi yöldir. 1979 yili Ka'baga yangi eşiklar örnatilgan va uni tayyorlaş uçun 300 kilogramm sof oltin ketgan. Eşikka eşikni yasagan ustaning imzosi qöyilgan va atrofiga Qur'oni karimning quyidagi oyati karimasi öyib yozilgan:
إِنَّ أَوَّلَ بَيْتٍ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذِي بِبَكَّةَ مُبَارَكًا وَهُدًى لِلْعَالَمِينَ
Albatta, odamlar (ibodati) uçun qurilgan birinçi Uy – Bakka (Makka)dagi muborak va olamlar uçun hidoyat (manbai) bölmiş (Ka'ba)dir (Oli Imron, 96).

Yeri va devorlariga mramor plitalari yotqazilgan. Uşbu mramorlardan biri boşqalaridan rangi va tuzilişi bilan ajralib turadi. Makkai mukarrama musulmonlar tarafidan egallangandan söng Payğambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) aynan ana şu yerda namoz öqiganlar. Şuning uçun şu joyda qilingan ibodat savobi uluğ hisoblanadi.
Devorlarda bir xil oraliqda Alloh uyini saqlaş uçun qayğurgan buyuk şaxslarning ismlari va Ka'batullohda qilingan işlarni yorituvçi matn va bezaklar osib qöyilgan. Bu kabi devoriy lavhlar hammasi bölib ön dona, ularning sönggisi 1996 yilda qilingan ta'mirlaş işlari va unda boş-qoş bölgan şaxs haqida yozilgan.







