Şimoliy Koreya poytaxtida 35-70 qavatli turarjoy binolari barpo etilmoqda. Bu inşootlar, KXDRning yadro va raketa sinovlari tufayli joriy qilingan xalqaro jazo çoralariga öziga xos javobidir, deb yozmoqda Janubiy Koreyaning Yonxap agentligi şimol OAVga tayangan holda.
Şimoliy Koreya, poytaxt şahrining Ryomyon köçasida 100ta yangi binolarni barpo etiş rejasini e'lon qilgan. Ularning 40tasi turarjoy binolari bölsa, qolgani idoralarga möljallangan.
"Turarjoy binolarining 70, 55, 50, 40 va 35 qavatlilari bölib, ular eng balandlaridir, ammo 7-8 qavatlilari ham bor", — deya "Kimsu kansan" naşri xabarini keltiradi Yonxap agentligi.
Aytiş joizki, şu paytgaça KXDRda 70 qavatli osmonöpar binolar tajribasi bölmagan.
Şunga qaramay, mamlakat yetakçisi Kim Çen Inning şaxsiy körsatmasi asosida barpo etilayotgan baland binolar yil oxirigaça qurib bitkazilişi xabar qilinmoqda.
Foto:© RIA







