Madridning «Real» klubi Yevropa Ittifoqining öziga nisbatan çiqargan qarorini tan olmaydi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Gap şundaki, «Real» 1998 yilda ma'lum hududdagi yer maydonini sotib oliş uçun Madrid şahar byudjyetidan 22,7 million yevro olgan.
Yevropa Ittifoqining maxsus komissiyasi öşa maydonning ölçamlari va hududini hisobga olib, köpi bilan 4,3 million yevro turişini aniqlagan. Şu sabab Yevropa Ittifoqi «Real»dan qolgan 18,4 million pulni joyiga qaytarişni talab qilmoqda.
«Real» ham böş kelgani yöq. Ular dunyodagi köçmas mulk bilan işlaydigan maşhur kompaniya Agirre Newman bilan boğlanişgan. Bu kompaniyaning hisob-kitobiga köra, «Real» öşa vaqtda 7,5 million yevro kamroq pul olgan.
Madridliklar rasmiy saytining ma'lum qilişiça, «Real» Yevropa Ittifoqining sud bölimiga ariza bilan murojaat qiladi.
Manba: Tribuna.uz






