Jahon siyosiy xaritasida 250 ga yaqin mustaqil davlat bor. Şulardan 193 tasi BMTga a'zo bölib kirgan. 250 ta davlatning orasida xalqaro maydonda öz aytar sözi bölgan qudratlilari ham bor. Bu kabi davlatlar yer maydoni va aholisi soni böyiça ham yirik mamlakat hisoblanadi. Yirik va qudratli davlatlar qatorida jahon xaritasida kiçik mamlakatlar ham topiladi. Aholi soni oz, hududi kiçik bölişiga qaramay, kiçik davlatlar orasida jahon siyosatida muhim rol öynovçilari xam bor.

Bu kabi davlatlar sirasiga Vatikanni kiritiş mumkin. Bugun biz eng kiçik davlatlar haqida qisqaça ma'lumot berişga harakat qilamiz.

Karib dengizida joylaşgan Grenada davlatining hududi 344 kvadrat kilometr bölib, poytaxti Sent-Jorjyes şahridir. Mamlakat aholisi 89 ming 502 kişidan iborat. Davlat tuzumi konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Grenada ilk bor 14-asrda Kolumb tomonidan kaşf qilingan. Ayni damda qişloq xöjaligiga katta e'tibor berilmoqda. Asosan banan, sitrus mevalar, yonğoq yetiştirilib, boşqa davlatlarga eksport qilinadi. Grenada offşor hududi bölgani bois, moliyaviy xizmatlar tufayli har yili mamlakat xazinasiga 7,4 million dollar kelib tuşadi.

Hind okeanidagi 1 ming 100 ta oroldan iborat Maldiv Respublikasining poytaxti Male şahri bölib, bu mamlakatda 393 ming kişi yaşaydi. Mamlakat aholisi, asosan, baliqçilik bilan şuğullanadi, ammo Maldiv orollari jahondagi eng yaxşi kurort hisoblangani bois iqtisodiyotining katta qismi xizmat körsatiş sohasiga qaratiladi. Yalpi Içki mahsulotiining 28 foizi xizmat körsatiş hissasiga töğri keladi. Noyob tabiati va iqlimi bois sayohlarning sevimli maskaniga aylangan. Bu yerda hayvonlarning hovlilari deyarli uçramaydi.

Sent-Kits va Nevis davlati Karib dengizi şarqida joylaşgan. 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan bu davlatning poytaxti Baster şahridir. Federatsiya körinişidagi Sent-Kits va Nevis mamlakati ikkita oroldan taşkil topgan. Iqlimi tropik bölib flora va faunasi juda ham boy. Turizm rivojlangan. Yalpi Içki mahsulotining 70 foizini turizm taşkil qiladi. Qişloq xöjaligini taraqqiy etgan deb bölmaydi.