Avstraliyada yangi "Tor: Ragnaryok" filmining suratga oliş işlari boşlandi, deb xabar bermoqda Entertainment Weekly. Bu Marvel studiyasining superqahramoniga bağişlangan uçinçi film böladi. Filmning avvalgi qismlari 2011 va 2013 yillarda çiqqan. Yangi qismda ham boş rolni avvalgi qismlarda suratga tuşgan aktyor Kris Xemsvort ijro etadi.
Marvel hamprezidenti Luis D'Espozito yangi film ustida işlayotgan suratga oliş guruhiga omad tiladi.
Yangi filmning rejissyori Tayka Vaytiti suratga olişning boşlanişiga izoh berib, tvitterda hazilomuz suratni çop etdi, unga köra suratga olişning birinçi kuni heç kim işga çiqmagan.
Filmda şuningdek aktyorlar Tom Xiddlston, Idris Elba, Keyt Blanşett, Jyeff Goldblyum, Mark Ruffalo, Karl Urban, Entoni Xopkins ham rollar ijro etişadi. Film 2017 yil kuzida ekranlarga çiqarilişi kerak.
2015 yil oxirida "Tor" superqahramonlari filmining sikvelida boş yovuz ayol kişi bölişi ma'lum qilingandi.







