Barça muammolar diqqatning bölinişiga borib taqaladi. Heç e'tibor berganmisiz, taşqi ta'sir ostida siz köproq ovqat yeyişga moyil bölasiz. Sönggi tadqiqotlarga köra, insonga eng yomon ta'sir körsatadigan narsa – bu smartfon. Buni qarangki, smartfon semirişga olib kelar ekan. Qanday qilib deysizmi? Marhamat, bu ma'lumotlar siz uçun!

Jismoniy maşqlar va vaqt

Maşqlar uçun vaqt ajratiş – hozirgi zamonda oson emas. Fitnes klubi uçun ajratilgan bir soat vaqt qanday ötib ketganini bilmay qolasan kişi. Beylor universitetining sotsiologlarining sönggi tadqiqotlari şuni körsatdiki, talabalar bir sutkada 8 soatlab smartfonlariga tikilib ötirişar ekan. Şunday ketaversa, qomatni saqlab qoliş jiddiy muammoga aylanişi aniq. 

Qulay uy şaroiti

Insonlar borgan sari böş vaqtini öz uyida ötkazişga moyil bölib qolişmoqda. Haqiqatdan ham, butun olam qölingda bölganidan keyin biror yerga borişning hojati ham qolmaydi. Hattoki yoz “kiçik hayot”dan navbatdagi faslga aylanib qoldi: köz oldingda ekran turaversa, yoningda nimalar sodir bölayotganini sezmay qoliş heç gapmas. 

Taom va miya 

Ovqatlaniş paytida miya oşqozonga töyiş darajasi haqida signallar yuboradi. Har qanday çalğituvçi omil bu signallarning töğri qabul qilinişiga halaqit beradi. Oddiy qilib aytganda, ovqat vaqtida butun e'tiboringizni taomga qaratmasangiz, töyganingizni bilmay qolasiz va natijada me'yordan köp yeguliklar yeb qöyasiz. 

Zararli mahsulotlar

Orlando Universiteti olimlari oddiy tajriba ötkazişdi. Respondentlarning bir guruhi butkul sokin şaroitda taom tanlab, iste'mol qilişi kerak bölgan – heç qanday televizor va kitoblarsiz. Ikkinçi guruh a'zolari esa köngillariga kelgan şaroitda bu işlarni amalga oşirişi söralgan. Buning natijasida hattoki arzimagan çalğituvçi omil insonni zararli mahsulotlarni tanlaşga yetaklaşi aniqlangan.  Butun diqqatini taomga qaratgan guruh esa töğri mahsulotlarni tanlagan.