Iş qidirayotganlar uçun yaxşi yangilik – prognozlarga köra, kadrlarga bölgan talab butun dunyo miqyosida yiliga 19 foiz ösar ekan. Çakana savdo, soğliqni saqlaş, texnologiya kabi sohalarning tezkor evolyutsiyasi köpçilik bilmagan yangi talabgor kasblarni keltirib çiqaradi.
Radioaktiv farmatsevtika mutaxassisi

Bunday lavozimni faqat radioaktiv tibbiyot sohasida ta'lim olgan malakali şifokorlargina egallaşi mumkin. Tomografiya, radionuklid farmatsevtika, nur bilan davolaş va umuman onkologik kasalliklarni davolaşdagi muhim sohalarida bunday mahorat egasiga talab katta böladi.
Tibbiy uskunalarni ta'mirlovçi usta

Davolovçi şifokorlar – zamonaviy texnologiya yordamida davolaş jarayonini amalga oşiruvçi va bemor bilan muomala qiluvçi kişilar. Biroq murakkab biotibbiy uskunani ta'mirlovçi texniklarga bölgan talab şifokorlarga bölgan talabdan ança katta. Şifoxonadagi yotoqlar, ğildirakli elektron kreslolar va murakkab taşxis qöyuvçi uskunalar – bularning barçasini ta'mirlovçi usta bölmasa, ular yaroqsiz holga keladi.
Tavakkalni boşqaruvçi mutaxassis

Zamonaviy jamiyatda axborot xavfsizligi har qanday kompaniya byudjyetida birinçi örinda turadi. Xavfsizlik böyiça mutaxassis kompaniyaning nozik tomonlarini himoya qiliş va muhim ma'lumotlarni öğrilikdan asraş imkonini beradi, u tavakkal holatlarini faol baholaydi va ehtiyot çoralarini amalga oşiradi. Bunday lavozimda professional tayyorgarlikdan ötuvçi IT-mutaxassislar işlaşi mumkin.
Wellness maslahatçi

Kouçing va şaxsiy murabbiylik avvalgidek eng talabçan kasblar qatoridan joy olgan. Yaqin yillarda mehnat bozorida yangi kasb egalarini taqozo qiluvçi yana bir kasb paydo böladi. Bu Wellness maslahatçilar, ya'ni şaxsiy soğliqni nazorat qiladigan va har bir insonning ehtiyojidan kelib çiqib strategiyalar işlab çiqadigan kişilar.







