Belaruslik dizayner Artem Smirnov va uning ukrainalik hamkasbi Vladimir Pançenko Audi kompaniyasi uçun elektr dvigatel bilan jihozlangan ikkita kelajak yuk maşinasi loyihasini tayyorladilar. Dizaynerlar işi Behance saytida joylaştirildi.

Körinişiça, loyiha Smirnov va Pançenkoning öz taşabbuslari bilan yaratilgan. Dizaynerlar bir yuk maşinasini çizişga qaror qilişgan, biroq natijada ular ikkinçi variantni ham tayyorlaşgan va ulardan birini tanlaşga qiynalişgan. Rassomlar A va V deb nomlangan loyihalardan qay birini tanlaşni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilariga taklif qilişdi.

A loyiha özidan elektr dvigatel bilan jihozlangan haydovçisiz tirkamali yuk maşinasini namoyon qiladi. Modelning öziga xos jihati yiğiluvçi spoyler bölib, biroq u qayerda joylaşgani tuşunarsiz. Fura şuningdek katta ölçamdagi almaştiriluvçi akkumulyatorlar blokini oldi, u old va orqa öqlar orasida joylaşgan.
A loyiha avtopilotsiz elektr yuk maşinasi bölib, uning haydovçilari yuk maşinasi tomida oçiq kabinada joylaşadilar. Haydovçilar maxsus kostyumlar, şlemlar va kislorod maskalari bilan jihozlanadilar, maşina esa poyga ruli yordamida boşqariladi.
Audi’da dizaynerlarning işi qanday baholangani, bu loyihaning kontsept-kar körinişida yaratilişi istiqboli ma'lum qilinmagan.

















