Çexiyaning Avast! antivirusini işlab çiqaruvçi Avast Software kompaniyasi raqobatçisi AVG Teçnologiesni sotib oldi, deb xabar qilmoqda antivirusning rasmiy veb-sahifasi. 

Avast AVGning har bir aksiyasiga 25 dollar hisobidan jami 1,3 mlrd dollar tölaydi. Kompaniya mazkur moliyaviy amaliyotni bajariş uçun mablağni Credit Suisse Securities, Jefferies va UBS Investment Banklarni öz içiga oluvçi konsorsiumdan olgan. AVG boş qarorgohi Niderlandiyada joylaşgan bölib, unga ham Çexiyada asos solingan edi. 

Avast bir neça oy mobaynida AVG bilan birlaşiş amaliyotini yakunlaydi. Xabar qilinişiça, AVG direktorlar kengaşi, öz aksiyalari egalarini bitimga rozilik bildirişga çaqirgan. 

Bitimning boş maqsadi, antivirus bozorining «Kasperskiy laboratoriyasi» yoki McAfee kabi yetakçi namoyondalari bilan raqobat qilişda öz örnini mustahkamlaşdan iborat. Mazkur kelişuv amalga oşgaç, AVG va Avast tizimlari birgalikda 400 mlnga yaqin qurilmaga xizmat körsata boşlaydi. Şundan 160 mlni smartfonlar, planşetlar va boşqa turdagi mobil qurilmalardir. Hozirda, Avast Software mijozlari soni 230 mlnga yaqin.