Indoneziyaning Yava oroli şimolida joylaşgan Brebes hududi politsiyasi 5 iyulda "dahşatli tirbandlikda" qolib ketiş oqibatida 18 kişi halok bölganini ma'lum qildi. Bu haqda Asian Correspondent naşri xabar bermoqda.
Pullik yöl East Brebes orqali Jakartadan Tegalga yöl olgan minglab haydovçilar turli ma'lumotlarga köra yöldagi tirbandlikda 20 soatdan 35 soatgaça qolib ketişgan. Ulardan köpçiligi musulmonlar uçun muqaddas Ramazon oyi yakunlanib, Iyd Al-Fitr bayramini nişonlaş uçun uylariga ketayotgan bölganlar.
Hudud boş şifokorining aytişiça, 12 kişi issiq havo va holdan toyiş sababli surunkali kasalliklar qözğaşi, 5 kişi esa avariya oqibatida halok bölgan, yana bir odamning ölimi sababi örnatilmagan.
Transport oqimining ziçligi tufayli şifokorlar hattoki mototsikllarda ham yordamga muhtojlar yoniga yetib bora olişmagan.
Naşrning ta'kidlaşiça, tirbandlik yöl infratuzilmasi sababli yuzaga kelgan: yöldan ötiş uçun pul tölaş punktlari oldida uzun navbatlar yuzaga kelgan.







