Ozarbayjonda şarq madaniyati va musiqasiga e'tibor juda katta. Haydar Aliyev nomidagi Fondining asosiy maqsadlari orasida Ozarbayjonda milliy-ma'naviy qadriyatlarni saqlab qoliş, ozariy madaniyatini butun dunyoda tarğib-taşviq qiliş ham bor. Mana şu ezgu işlarni amalga oşiriş maqsadida Bokuda Xalqaro muğom markazi taşkil etilgan. Ma'lumki, ozarbayjon muğomi (maqomi) 2008 yilda YuNeSKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy merosi durdonasi röyxatiga kiritilgan.

2005 yilda Haydar Aliyev fondi prezidenti Mehriban xonim Aliyeva rahbarligida taniqli xonanda va muğom bilimdonlari iştirokida davra suhbati ötkazildi. Davra suhbati iştirokçilari bir ovozdan Bokuda Xalqaro muğom markazi taşkil etilişini qöllab-quvvatladilar.

2005 yilning 24 avgustida Ilhom Aliyev, rafiqasi Mehribon xonim Aliyeva va YuNeSKOning öşa vaqtdagi Boş direktori Koişiro Matsura Muğom markazining poydevoriga birinçi toş qöyiş tadbirida iştirok etdi. 2006 yilning 6 aprel kuni mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Xalqaro muğom markazi taşkil etilişi töğrisidagi farmoyişni imzoladi. Xalqaro Muğom markazi 2008 yilning 27 dekabr kuni rasman oçildi.

Umumiy maydoni 7,5 ming kvadrat metrni taşkil qiluvçi markaz binosi şarq musiqa asboblaridan biri bölmiş – torni eslatadi. Uç qavatli binoda 350 tomoşabinga möljallangan konsert zali, klub, ovoz yoziş studiyasi, repetitsiyalar xonasi, 80 örinli  “Ud” restorani bor. Bino Italiya, Avstriya, Fransiya va Turkiyadan olib kelingan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xalqaro Muğom markazida yoş ijroçilar maqomning nozik sirlarini örganişadi. Markazda taniqli xonandalar iştirokida konsertlar, xalqaro konferensiya va festivallar ötkaziladi.  Xalqaro Muğom markazida taşkil etilgan muzeyga taniqli muğom ijroçilarining byustlari örnatilgan. Bugungi kunda Ozarbayjon muğomi (maqomi) dunyoga tanilmoqda. 2009 yildan boşlab har yili Xalqaro Muğom markazida Mehribon Aliyeva taşabbusi bilan Haydar Aliyev jamğarmasi kömagida an'anaviy Xalqaro maqom festivali taşkil etilmoqda. Undan közlangan maqsad butun dunyoni maqom bilan taniştiriş hamda şarq musiqasi an'analarini saqlab qolişdan iborat. Yildan yilga bu festivalda iştirok etuvçilar soni oşib bormoqda.

2009 yilda ötkazilgan “Muğom olami” xalqaro festivalida özbekistonlik iqtidorli xonanda ­ Yulduz Turdiyeva ğolib böldi. Uning ijrosidagi “Qoraboğ şikastasi” qöşiği barçani lol qoldirdi. Yulduz Turdiyeva ijro etgan “Qoraboğ şikastasi” maqomi ozarbayjonliklar qalbini zabt etdi¸ deb ëzdi Boku gazetalari.

Ozariy poytaxtida bölib ötgan jahon maqom qöşiqçilari bellaşuvida¸ Buxoroning çekka qişloğidan kelgan talaba qiz Yulduz Turdiyeva¸ maqomçilikdagi yangi iste'dod, deya tan olindi. Öşanda jurnalistlardan birining “Mukofot berilaëtgan paytda nega yiğladingiz?”, degan savoliga Yulduz Turdiyeva şunday javob bergan edi: “Töğrisi, men kutmagan edim. Men “Qoraboğ şikastasi” muğomini örganganimda juda murakkab edi. Men özi Ozarbayjon muğomini yurakdan yaxşi köraman. Birinçi örin deb e'lon qilganlarida yiği içimdan keldi. Endi bu yerda Osiëning boşqa davlatlaridan¸ Şarq davlatlaridan¸ Arab davlatlaridan¸ Misrdan iştirokçilar bor edi. Men avvaliga hayajonlandim, qörqdim. Özbek maqomini qörqib aytdim. Lekin, bir qarsak bölgandan keyin özimni tutib olib, “Qoraboğ şikastasi”ni boşqaça kayfiyatda aytdim. Men uçinçi öringa ham xursand bölardim. Şu konkursga qatnaşişning özi bir baxt. Bu yerda hamma davlatlardan tanişlar orttirdim. Hamma menga “Özbekistondan kelib Ozarbayjonning “Qoraboğ şikastasi”ni ijro qilding. Rahmat senga” deb aytib¸ meni yurakdan tabriklaşdi”.