Yevropa çempionatining birinçi finalçisi aniqlandi. Lionda Portugaliya hamda Uels terma jamoalari örtasidagi öyin yakunlandi. Unda Portugalya 2:0 hisobida ğalaba qozondi.
49-daqiqada Kriştianu Ronaldu fantastik goli bilan hisobni oçdi. Köp ötmay Nani Ronalduning zarbasidan keyin töpni darvozaga joylab qöydi.
Şu tariqa Portugaliya Yevropa çempionatining finaliga yöl oldi. Bu öyinda Portugaliya ğalaba qozondi, lekin Uelsni, ayniqsa, Garet Beylni yengildi, deyiş qiyin. Beyl dunyoning eng yaxşi futbolçilardan biri ekanini isbotladi.
Portugaliya – Uels 2:0
Gollar: Ronaldu (50), Nani (53).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Alveş, Gerreyru, Soareş, Fonte, Sanşeş (Andre Gomeş, 74), Danilu Pereyra, Nani (Kuarejma, 86), Joau Mariu, Adriyen Silva (Moutinyu, 79), Ronaldu.
Uels: Xennessi, Kollinz (Uilyams, 66), Uilyams, Teylor, Çester, Beyl, Allen, Robson-Kanu (Çerç, 63), Ledli (Vouks, 58), King, Ganter.
Ogohlantirişlar: Allen (8), Çester (62), Alveş (71), Ronaldu (72), Beyl (88).







