Meksika böğozi sohillarida dam oluvçi va yaşovçilar yaqin orada ölimga olib keluvçi xavfga duç kelişlari mumkin. Olimlar bu yerdagi suvlarda juda xavfli "Sintiya" bakteriyasi qönim topganini aytişmoqda. Bu bakteriya inson organizmiga tuşib, keyinroq oyoq-qöllarni yöqotişga olib keluvçi gangrena keltirib çiqarişi va hattoki ölimga olib kelişi mumkin, deb yozmoqda The Guardian naşri.

Mahalliy aholining aytişiça, voqea 2010 yilda British Petroleum’ning neft platformasida portlaş yuz bergandan keyin boşlangan. Mutaxassislar yarim yil davomida falokat oqibatlarini bartaraf etişga urinişgan: portlaş oqibatida dengizga 5 mln barrel neft tuşib, 100 ming kvadrat kilometrlik ulkan neft doği hosil bölgan. Ziyonni qoplaş uçun kompaniya turfirma va baliqçilarga 27 mln yevro tovon puli tölagan.

Katta moliyaviy yöqotişlar kompaniyani falokat oqibatlarini bataraf etişda noan'anaviy usullarga murojaat qilişga majbur qilgan. Jumladan, bu maqsadda Nobel mukofoti sovrindori  Xemilton Smit boşçiligidagi 20 nafar taniqli olimlar neftni yutib va suvni tozalaşga kömak beruvçi bakteriya yaratişgan. U "Sintiya" degan nom olgan. Biroq nimadir izdan çiqqan va bakteriya odamlarga "hujum qila" boşlagan.

Ba'zilar esa bakteriya dengizda doim bölgani, biroq neftning dengizga tuşişi vaziyatni murakkablaştirganini aytişgan. Bu fikrni mahalliy aholi vakili Joko Engl ham ma'qullamoqda. Uning oyoği zararlangandan keyin bir neça barobar kattalaşib ketgan.

"Fikrimça, neft ular işlatgan kimyoviy moddalar bilan birgalikda Sintiyaning rivojlanişi uçun muhit yaratgan", deb aytmoqda Engl.

Uning fikriça, bu bakteriyadan ikki yöl bilan zararlaniş mumkin: dengizda ovlangan dengiz mahsulotlari hamda tanadagi jarohat orqali. Bakteriya teri ostiga kirgaç, muşaklar orasida joylaşib, juda zararli toksin işlab çiqaradi hamda muşaklar tarkibini barbod qiladi.

AQŞ kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazida oxirgi yilda bakteriyadan 97 kişi zararlangani, ulardan 27 nafari halok bölgani ma'lum qilindi.