Yevropa çempionati yarim finalida turnir mezbonlari bölmiş Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon çempionlari Germaniyaga qarşi maydonga çiqdi.

Uçraşuvning birinçi bölimi nemislarning töliq ustunligi ostida ötdi. Lekin birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarning ikkinçisida Bastian Şvaynştayger jarima maydonçasida qöli bilan töpga tegindi va italiyalik hakam 11 metrlik nuqtani körsatdi. Belgilangan jarima zarbasini fransuzlar töpurari Antuan Grizmann aniq amalga oşirib, hisobni oçdi.

Ikkinçi bölim boşi nemislar uçun köngilsiz boşlandi. Jamoaning asosiy himoyaçisi Jyerom Boateng jarohat olib, maydonni tark etdi.

72-daqiqada Antuan Grizmann Noyyerning töpga çiqişdagi xatosidan keyin gol urib, ustunlikni oşirdi va turnirdagi gollarini 6taga yetkazib oldi - 2:0.

Öyinda hisob özgarmadi va Fransiya turnir finaliga çiqdi.

Endi Dide Deşam şogirdlari 10 iyun kuni Portugaliyaga qarşi final bahsida maydonga tuşişadi.

Germaniya – Fransiya 0:2 

Gollar: 0:1 – 45, penalti Grizmann, 0:2 – 72 Grizmann.
Germaniya – Noyyer, Xyovedes, Boateng (Mustafi, 61), Hektor, Kimmix, Jan (Gyottse, 67), Şvaynştayger (Sane, 79), Kroos, Özil, Draksler, Myuller.
Fransiya – Loris, Koselni, Evra, Sanya, Umtiti, Pogba, Matyuidi, Payye (Kante, 71), Sissoko, Grizmann, Jiru (Jinyak, 78).
Ogohlantirişlar: Jan (36), Evra (43), Şvaynştayger (45), Özil (45), Draksler (50), Kante (75).