Xitoyning Xançjou şahrida yaşovçi ayol 61 yoşida ona böldi, deb yozmoqda China Daily. Ayolning töliq ismi keltirilmagan, OAV uni Çjan deb atagan.

Ayol 27 iyunda soğlom öğil farzand dunyoga keltirdi, biroq bu haqda endi ma'lum qilinmoqda. Bolaning vazni 2,95 kg ni taşkil qilgan. 

5 iyulda çaqaloq ota-onasi bilan uyiga qaytdi. Bola otasining yoşi 66 da.

Çjan homilador böliş uçun sun'iy uruğlantiriş usulidan foydalandi. U 2015 yil noyabrida homilador bölgan. Ayolning aytişiça, köpçilik uni bu işi uçun telba deb hisoblagan. Çjanning tuşuntirişiça, ikki yil avval uning 30 yoşli qizi tuğruq vaqtida vafot etgani sababli bunday qadamga yöl qöygan.

Doya Xe Tszinning tan olişiça, dastlab u Çjanni kimgadir hamrohlik qilayotgan buvi deb qabul qilgan. "Men birinçi marta  özimdan katta yoşli homilador ayolni körişim", deb aytdi şifokor. Uning aytişiça, agar Çjan homilador bölişdan avval ularga murojaat qilganida, ular ayolni bu fikridan qaytarişga urinib körişardi.

Doyaning aytişiça, Çjan voqeasi – mö'jizadir va umuman olganda keksa yoşda homilador bölişdan qoçgan ma'qul. 

Avvalroq moskvalik ayol 60 yoşida birinçi marta onalik baxtini totgani ma'lum qilingandi.