Tesla prezidenti Ilon Mask uning kompaniyasiga Amerikaning yirik OAV iştirokida keng qamrovli fitna uyuştirilganini ta'kidladi. Bu haqida Hi News xabar qildi.
Kompaniyaning rasmiy matbuot reliziga köra, yovuz niyatli jurnalistlar Tesla aksiyalarining bahosiga ta'sir ötkaziş uçun kompaniya mahsulotini maqsadli ravişda qoralagan.
Iyun oyida The Daily Kanban naşri kompaniya siyosatini foş qiluvçi maqola çop etgan. Unga köra, Tesla öz mijozlarini avtomobillaridagi nosozliklar haqida gapirmaslikka undaydi. Elektromobilning har bir xaridori uni qölga kiritiş vaqtida avtomobildagi texnik nosozliklarga doir ma'lumotlarni taşqariga çiqarmaslik töğrisidagi bitimni imzolaşi kerak.
Ma'lumotlarga köra, AQŞ harakat xavfsizligi milliy boşqarmasi bu iş yuzasidan tekşiruv olib borgan. Tesla vakillari bunday ayblovlarni rad etib, heç bir mijoz bunday bitimni imzolamagani haqida rasman xabar qilişdi. Ular The Daily Kanban jurnalisti Edvard Nidermayyer kompaniyaga doim salbiy munosabatda bölişi va uning yopilişiga kun sanaşini bildirişdi.
Yaqinda sodir bölgan elektromobil avariyasi bu voqealar atrofidagi gap-sözlarni yanada bolalatdi. Aksariyat ommaviy axborot vositalari Ilon Mask va uning kompaniyasiga taşlanişdi. Mask özining Twitter’ida u va uning kompaniyasi atayin uyuştirilgan fitnaning qurboni bölganligini ta'kidladi.
Maskning taxminlari asosli: Tesla’ga qarşi haqiqatda fitna uyuştirilgan bölişi mumkin, uning boşida esa elektromobillarga ötişga qattiq qarşilik qilgan milliarderlar aka-uka Devid va Çarlz Koxlar turgan bölsa ajab emas. Ularning neftni qayta işlaş bilan şuğullanişini hisobga olsak, tabiiy yoqilğiga qaramlikni kamaytiriş Koxlarni qoniqtirmaydi, albatta. Şunday ekan, Ilon Maskning kompaniyasidan qutuliş uçun bir neça million sarflaş ular uçun heç gap emas.







