Bağdod yaqinidagi şialar maqbarasiga jangarilarning hujumi oqibatida kamida 35 kişi halok böldi va yana 60 kişi jarohat oldi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Terrorçilar 7 iyulda Said Muhammad ibn Ali al-Hodiy maqbarasi darvozasi yonida Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan ötayotgan tadbir paytida minalaştirilgan avtomobilni portlatgan. Söngra önga yaqin qurollangan jangarilar maqbaraga bostirib kirib, ziyoratçilarni avtomatlardan öqqa tuta boşlagan. Jangarilar şuningdek granatomyotlardan ham öq uzgan.

Politsiyaning ma'lum qilişiça, terrorçi-xudkuşlardan biri özini portlatişga ulgura olmagan va xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan öldirilgan.

Bu terakt Bağdoddagi yirik teraktdan 4 kun ötib sodir etildi. 3 iyulga ötar keçasi Bağdodda ikkita portlaş sodir etildi: birinçi teraktda Al-Qarrada tumanida minalaştirilgan avtomobil portlatildi, ikkinçi terakt aş-Şa'b bozori yonida sodir etildi. Teraktlar uçun javobgarlikni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga oldi.