Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe Orasio soliq tölaşdan boş tortişgani uçun 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilinişdi. Bundan taşqari ular 3,5 million yevro jarima puli tölaşlari kerak böladi. Ayblanuvçilar çiqarilgan qaror yuzasidan Oliy sudga şikoyat arizasi topşirişdi. Ehtimol, futbolçi panjara ortida ötirmas, ammo u klubdan ketişi mumkin.
Messi va uning otasi Ispaniya ğaznasiga 4,1 million yevro miqdorida ziyon yetkazib, uç tomonlama aybdor deb topildi. Şuningdek 2007 yildan 2009 yilgaça bölgan muddatda reklama şartnomalaridan tuşgan daromadlardan soliqlar tölanmaganligi ham qöşimça qilindi.
Jumladan, sud Messining Banco Sabadell, Danone, Adidas, PepsiCo, Procter & Gamble va Kuwait Food kompaniyalari bilan tuzgan şartnomalarini tekşirib çiqqan, bu kompaniyalar reklamasidan 10 million yevrodan ortiq daromad qölga kiritilgan va bu ma'lumotlar hukumatdan egri yöllar bilan yaşirilgan.
Sud majlisi davomida 29 yoşli futbol yulduzi özining moliyaviy işlariga çuqur yondaşmaganligini yana bir bor ta'kidladi. “Men futbol öynaş bilan band bölganman, şu bois bu borada heç narsadan xabarim bölmagan”, - dedi Messi. Biroq hukumat uning dalillarini işonçli deb topmadi.

Dastlab prokuratura faqat Messining otasini jazolaşni söradi, (zero futbolçining moliyaviy işlari bilan uning otasi şuğullangan), agar şunday bölgan taqdirda u 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etilar edi. Biroq davlatning manfaatlarini himoya qiluvçi advokat futbolçi otasi bilan birdek javobgar ekanligini aytib, ularga 22 oylik qamoq jazosi berilişini talab qildi. Oxir-oqibat sud uning taklifini ma'qulladi va jazoni bir oyga qisqartirdi hamda Messini 2 million yevro, otasini esa 1,5 million yevro jarima puli tölaşga mahkum etdi.
Ota-öğil çiqarilgan hukm ustidan şikoyat arizasi topşirişdi. Advokatlarning fikriça, “ularning himoya uçun yetarli asosi bor”. Futbolçini uning klubi a'zolari ham faol qöllab-quvvatlaşdi.
Yakuniy hukm qanday bölişiga qaramay, Messi ham, uning otasi ham panjara ortida ötirmaydi. Ispaniya qonunçiligiga köra, agar belgilangan jazo muddati ikki yildan oşmasa, ayblanuvçi jazoni qamoqda ötaşga majbur emas. Şu bois bu vaziyatda hukm şartli hisoblanadi.
“Köplab maşhur sportçilar bunday vaziyatga tuşişgan. Ularning ham soliq xizmati bilan muammolari bölgan, lekin hammasi ma'muriy yöl bilan hal qilinib kelingan. Masalan, Iker Kasilyas yoki Xavi, hattoki Rafael Nadal. Messi – bunday muammolarga qöşimça ravişda sudda işi körilgan va qamaliş ehtimoli bölgan yagona sportçi. Uning Ispaniyadan juda jahli çiqqan”, - deya xabar qildi Messiga yaqin manba.








