AQŞning Dallas şahrida (Texas ştati) bölgan tartibsizliklarda beş nafar politsiya xodimi öldirildi. Ularga qarata öt oçgan uç nafar jinoyatçi qölga olindi, yana biri, dastlabki ma'lumotlarga köra, öz-özini öldirgan.
Tartibsizliklarga sabab ikki nafar afroamerikalikning öldirilişi böldi. Avval 5 iyul kuni Luiziana ştatining Baton-Ruj şahrida ikki nafar politsiya xodimi bir erkakni yerga yiqitişadi, söngra ulardan biri uni otib taşlaydi. Ertasi kuni esa Minnesota ştatining Folkon-Xayts şahrida ham noma'lum voqealar bölib ötadi.

Şundan söng AQŞning köplab şaharlarida norozilik aksiyalari boşlanib ketdi. Dallasdagi miting esa fojia bilan yakunlandi.
Özi nimalar böldi?
Mahalliy politsiyaning aytişiça, noma'lum kimsalar politsiya xodimlariga qarata öq uzgan. Natijada beş nafar odam ölgan, 12 nafari yaralangan.
Mahalliy politsiya şefi Devid Braunning ma'lum qilişiça, otişma miltiqlardan amalga oşirilgan.

Dallasdagi otişmalar mamlakatning boşqa şaharlarida ham aks-sado berdi. Köpçilik ommaviy axborot vositalari voqea joyidan töğridan-töğri reportaj olib borişdi.
Uç kişi qölga olindi, biri esa öz joniga qasd qildi
Avvaliga hujumda ikki kişi qatnaşdi, deb xabar berişdi. Ulardan biri qisqa otişmadan söng, maxsus askarlar tomonidan darrov qölga olingan. Şundan söng uning yonidan şubhali buyum topişgan va sapyorlarga murojaat etişgan.
Ikkinçisi esa voqea joyidan yaşirinişga muvaffaq bölgan va politsiya xodimlari uni topişda odamlardan yordam söragan. Twitter’da e'lon qilingan uning suratidan körinib turibdiki, u afroamerikalik bölib, qölida miltiq uşlab olgan.

Ammo mahalliy aholining yordamiga ehtiyoj qolmadi. Oradan birmunça vaqt ötib, uning özi politsiya uçastkasiga kelgan va hukumatga taslim bölgan.







