Amerikaning Delta aviakompaniyasiga qaraşli Airbus A320 yölovçi samolyoti uçuvçilarning xatosi sababli Janubiy Dakota ştatidagi harbiy bazaga qöndirilgan. Bu haqda, The Guardian gazetasi, AQŞning transport xavfsizligi böyiça milliy kengaşga tayangan holda xabar qilmoqda. Havo layneri 130 nafar yölovçi bilan Minneapolis şahridan parvozni amalga oşirayotgan bölgan.

Qayd etilişiça, samolyot AQŞning Elsuort harbiy havo kuçlari bazasiga qöngan. Aslida, havo kemasi bazadan 16 kilometr uzoqlikdagi Rapid Siti hududiy aeroportiga qönişi kerak edi. 

Xabarlarga köra, samolyot bazaga qöngaç, yölovçilarga samolyotni tark etişga ruxsat berilmagan, oynalarining pardalari tuşirilgan va harbiylar örgatilgan itlar yordamida havo layneri bortida tekşiruv ötkazgan. 

Delta aviakompaniyasi rahbariyati xodimlarining xatosi sabab mijozlaridan uzr söragan.