Apple joriy yilning kuzida rasman taqdim etiluvçi iOS 10 operatsion tizimining birinçi ommaviy beta-versiyasini işga tuşirdi. Faqat dasturçilar uçun möljallangan töplamlardan farqli ölaroq, yangi OT sinov versiyasini iPhone, iPad yoki iPod'ga ega istalgan şaxs örnatib olişi mumkin.

iOS 10ning birinçi ommaviy beta-versiyasi  (Public Beta 1) ham dasturçilar uçun möljallangan iOS 10 Developer Beta 2 "töplamli" raqami (14A5297c)ga ega. "Önlik" bilan tanişişni istagan foydalanuvçilar hozirdanoq Apple beta-sinov dasturiga ulanişi kerak. Bu işni quyidagi link orqali amalga oşiriş mumkin.  

Apple qurilmalari uçun navbatdagi katta iOS 10 taqdimot  iyun oyida bölib ötgan WWDC 2016 anjumanida namoyiş etildi. "Önlik" qulflaş va xabarlar ekranini yanada funksionalroq qiladi, yordamçi Siri'ni içki örnatilgan dasturlarda ham işlatiş imkonini beradi, mediakontent böyiça qidiruv işini yengillaştiradi, şuningdek, köplab tizimli dasturlar, jumladan iMessage messenjerining funksiyalarini kengaytiradi.

Apple (macOS) "operatsion"ining oxirgi mobil va iş stoli versiyasi kuz oyida taqdim etiliş rejalaştirilgan. Yangi tizimni sentabr—oktabr oylarida yuklab oliş mumkin böladi.