«Hollandiyada ğalati muammo: qamoqxonalar böşab qolgan!». AQŞning The Washington Post gazetasi muxbiri Adam Teylor mana şu mavzudagi kiçik postni naşrning internet sahifasida e'lon qildi.
Agar Hollandiyaga borsangiz, bir narsaga ajablanasiz. U yerdagi qamoqxonalar böşab qolgan. Qirollik adliya vazirining ta'kidlaşiça, 2011-2015 yillar oraliğida mamlakatdagi qamoqxonalarda saqlanayotgan mahbuslar soni 27 foizga kamaygan. Butun dunyoda bu körsatkiç köpayib borayotgan bir vaqtda bu hayratlanarli natija. Masalan 2000-2015 yillar oraliğida butun dunyodagi qamoqxonalarda hibsda saqlanayotgan mahbuslar soni 20 foizga oşgan. Ta'kidlaş joiz, bu vaqt davomida umumiy populyatsiya 18 foizga oşgan.
Oxirgi yillardagi körsatkiçlarga köra, hozir Hollandiyada har 100 ming kişidan 57 nafari qamoqxonada. Bu borada Yevropada Angliya va Uels «yetakçi». Ularda 100 ming kişidan 54tasi qamoqda. AQŞda esa bu körsatkiç «kamtarona»: har 100 ming kişidan 639 nafari qamoqxonada «umrguzaronlik» qiladi.






