AQŞ prezidenti Barak Obama 9 iyul keçki payt Ispaniyaga yetib keldi, bu Oq uy rahbarining bu mamlakatga oxirgi 15 yil içidagi birinçi taşrifidir.
Ispaniyaga taşrif buyurgan oxirgi AQŞ prezidenti kiçik Jorj Buş bölgan, u bu mamlakatga 2001 yilda taşrif buyurgandi.
Ispaniyaga birinçi taşrif buyurgan AQŞ prezidenti Duayt Eyzenxauer hisoblanadi, u bu Piriney yarim oroliga 1959 yilda kelgan va şu tariqa hukumat tepasiga diktator Fransisko Franko kelgandan keyin Ispaniyaning yakkalanib qolişiga barham berilgan. AQŞning 37-prezidenti Riçard Niksondan boşlab barça prezidentlar Ispaniyaga kelgan va Obama ham bundan istisno bölmadi.
Obamaning taşrif dasturiga oxirgi pallada özgartirişlar kiritildi. Dastlab Obama Varşavadan 9 iyul keçki payt Sevilyaga kelib, 10 iyulda qirol Felipe VI hamrohligida şaharning diqqatga sazovor joylariga, jumladan Alkasar va çerkovga taşrif buyurişi, söngra Rota harbiy-dengiz bazasiga jönaşi, asosiy muzokaralarni esa 11 iyulda Madridda ötkazişi kerak edi.
Biroq Dallasdagi tartibsizliklar sababli Oq uy taşrif dasturini qisqartirişga qaror qildi. Obama Yevropadan AQŞga qaytgaç, birinçi bölib Dallasga yöl olmoqçi. Natijada, Obama Ispaniyada bir kun kamroq böladi. Obamaning Sevilyaga taşrifi vaqtiga belgilangan barça madaniy tadbirlar va Madridda qirollik saroyidagi rasmiy tuşlik bekor qilindi.
Obamaning samolyoti 9 iyulda Madrid yaqinidagi Torrexon aeroportiga qöndi. Uni aeroportda Ispaniya qiroli Felipe VI va hukumat raisi örinbosari Sorayya Saens de Santamariya kutib oldi.
Obama 10 iyulda qirollik saroyiga taşrif buyurib, u yerda qirol bilan muzokaralar ötkazadi va söngra mamlakat boş vazirining rasmiy qarorgohi – Monkloaga taşrif buyurib, u yerda boş vazir vazifasini bajaruvçi va 20 iyundagi saylovlarni yutgan Xalq partiyasi yetakçisi Mariano Raxoy bilan uçraşadi.
Obama Raxoy bilan uçraşgandan keyin Torrexon fuqarolik-harbiy aeroportiga borib, u yerda mamlakatning yirik muxolif siyosiy partiyalari yetakçilari bilan uçraşadi. Bu uçraşuv ötkazilişi zarurati Ispaniyada 20 iyunda parlamentga muddatdan avvalgi saylovlar ötgani va Ispaniya hukumati hali ham muvaqqat maqomini saqlab qolayotgani bilan boğlangan.
Söngra Obama Kadis viloyatida joylaşgan ispan-amerika harbiy-dengiz bazasi Rotaga jönab, u yerda ispan va amerikalik harbiylar oldida nutq sözlaydi.
Rota – Ispaniya harbiy-dengiz kuçlarining boş bazasi bölib, u yerda ispan HDKning boş ştabi va AQŞ HDK 6-tezkor flotining joylaşuv punktlaridan biri joylaşgan. Bu yerda 3 ming amerikalik harbiy joylaştirilgan.







