Eron harbiy havo kuçlariga tegişli Su-24 rusumli bombardimonçi samolyot mamlakat janubida halokatga uçradi. Tasnim agentligi xabariga köra, uçuvçilar katapulta qilingan.

Rossiyada tayyorlangan bu harbiy samolyot mahalliy vaqt bilan soat 9.20da Fars viloyoti hududidagi Baxtegin köli yaqiniga qulagan.

Uçuvçilar vertolyot orqali Şerozdagi şifoxonaga olib ketilgan, ularning hayotiga xavf yöqligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari örganilmoqda.

Iyun oyida Eron HHKning maşğulot samolyoti Isfahon viloyati hududida qulab tuşgandi. Bunga texnik nosozlik sabab bölgan. Uçuvçilar omon qolgan.