Yevropa çempionati finalida 3400 kişidan iborat politsiya kontingenti navbatçilik qiladi. Bu haqda çempionat ötayotgan Fransiya hukumati bayonotiga iqtibos keltirgan holda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 1300 politsiyaçi bevosita stadiondagi xavfsizlikni, 1400 politsiyaçi Parijdagi fan hududlarni nazorat qiladi, yana 700 politsiyaçi jamoat transportida navbatçilik qiladi.
Fransiya va Portugaliya örtasidagi final Parij yaqinidagi Sen-Denidagi "Stad de Frans" stadionida 10 iyulda bölib ötadi. Uçraşuvga Fransiya prezidenti Fransua Olland taşrif buyuradi.
Ma'lum qilinişiça, alohida xavfsizlik çoralari Eyfel minorasi ostonasidagi Mars maydonida ham köriladi. "Uçraşuvning muhimligi hisobga olinsa, 90 ming kişini qabul qilişga möljallangan fan-hududga köproq odam tuşişga harakat qiladi. Bu vaziyatda biz hududga barça kirişlarni yopiş uçun çoralar köramiz", deb aytildi xabarda.







