Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada Rossiyaning Mi-25 rusumli harbiy vertolyoti urib tuşirilgani va undagi 2 uçuvçi halok bölgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

"2016 yilning 8 iyulida rossiyalik harbiy uçuvçi-konstruktorlar Ryafagat Xabibulin va Yevgeniy Dolgin Suriyaning Mi-25 rusumli harbiy vertolyotida Homs viloyatiga uçişgan.

Uçiş vaqtida, vertolyot Palmira hududida harakatlanayotganida IŞID jangarilari unga hujum qilişgan va vertolyot urib tuşirilgan", deyiladi vazirlik xabarida.

Ma'lum bölişiça, öq-dori olib ketayotgan vertolyot hujumga uçragaç, ortga qaytgan va Suriya hukumati armiyasi nazoratidagi hududga qulagan.

Ikkala uçuvçi ham vafotidan keyingi davlat mukofotlariga körsatildi.