Rossiya terma jamoasi futbolçilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevning Monte-Karlodagi köngilxuşliklari hali ham oğizlardan tuşmayapti. Futbolçilarning mojaroga sabab bölgan keçasi ötgan Twiga tungi klubi ofitsianti keçada haqiqatda nima bölgani haqida sözlab berdi, deb yozadi Tribuna.uz.
Eslatib ötamiz, internetda tarqalgan, Yevro-2016’da yutqazgan futbolçilarga Rossiya madhiyasi ostida qimmatbaho şampan vinolari olib çiqilişi aks etgan video katta mojaro keltirib çiqargandi. Futbolçilar tungi klub mehmonlarini 250 ming yevrolik şampan vinosi bilan mehmon qilganlari ma'lum qilingandi.
"Voqea bunday bölgandi... Futbolçilardan ikki stol narida bir rus döstlari bilan ötirgandi. Aynan u vinolarni buyurtirgan. Albatta, 250 ming yevrolik emas, 50 ming yevrolik", deb voqeani aytib berdi tungi klub ofitsianti NTV muxbiriga.
Monakodagi klub egasi va öşa keça guvohining ta'kidlaşiça, futbolçilar öşa maş'um vinolarga buyurtma bermaganlar va ularni iste'mol qilmaganlar, vinolar uçun tölangan pul esa umuman "osmondan" olingan.







