Yevro-2016 finaliga KIA kompaniyasi  va "Çempionat" naşri Portugaliya va Fransiya terma jamoalari örtasidagi final uçraşuvi haqida 10 ta qiziqarli fakt tayyorladi.

1. Portulagiya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu musobaqaning yarimfinalida Uelsga urgan goli evaziga Yevropa çempionati töpurarlari röyxatida afsonaviy Mişel Platiniga yetib oldi – endi ikkala futbolçining hisobida 9 tadan gol bor va Ronalduda Platinidan farqli ölaroq, bu natijani yaxşilaşga imkoniyat mavjud.

2. Fransiya Yevropa çempionati finaliga 2000 yildan, Portugaliya esa 2004 yildan beri birinçi marta çiqdi. Fransiyaliklar uçun bu 3-final, portugaliyaliklar uçun esa 2-final böladi.

3. Musobaqaning eng yaxşi töpurarlari Kriştianu Ronaldu va Antuan Grizmann bir oy avval Çempionlar Ligasi finalida bir-birlariga qarşi öynaşgandi. Frantsuz öşa öyinda asosiy vaqtda penaltini ura olmagandi, uning "Atletiko"si esa penaltilar seriyasida yutqazib qöygandi.

4. Fransiya terma jamoasi hujumçisi Antuan Grizmann 2004 yildan beri bir Yevropa çempionatida 4 tadan köproq gol ura olgan birinçi futbolçi böldi. Bu borada 1984 yilgi Yevropa çempionatida 5 ta öyinda 9 ta gol ura olgan yana bir fransuz – Mişel Platini rekordçi hisoblanadi. 

5. Final uçraşuvi ötadigan "Stad de Frans" stadioni 1998 yilgi jahon çempionati uçun qurilgan va mundial hamda Çempionlar Ligasi finallarini qabul qilgan. Joriy Yevroda Sen-Denidagi stadionda 6 ta uçraşuv ötkazildi.

6. Fransiya va Portugaliya Yevro-2000 yarimfinalida uçraşişgan. Öşanda qöşimça vaqtda Zinedin Zidan tomonidan amalga oşirilgan penalti hisobiga fransuzlar ğalabaga erişgandi. Finalda fransuzlar italiyaliklarni mağlub etib, çempionat ğolibi bölgandilar.

7. Fransiya boş murabbiyi Dide Dişam noyob natijaga erişişi mumkin, ya'ni unda Yevropa çempionatini ham futbolçi, 16 yil ötib esa yana murabbiy sifatida yutiş imkoni mavjud.

8. Yevropa çempionatining final bosqiçlaridagi rasmiy uçraşuvlarda Portugaliya biror marta ham Fransiyani yuta olmagan. Yevropa çempionatlaridagi ikki jamoa örtasidagi ikkala uçraşuv ham asosiy vaqtdagi 1:1 hisobidagi durang natijadan keyin qöşimça vaqtda fransuzlarning ğalabasi bilan yakunlangan.