Portugaliya terma jamoasi Yevro-2016 finalida qöşimça bölimlarla urilgan gol evaziga Fransiya terma jamoasini mağlubiyatga uçratdi.

Bu ğalabadan keyin portugaliyaliklar terma jamoasi sardori Kriştianu Ronaldu özining ustozlaridan biri, uni «Mançester Yunayted»ga olib kelib, olamga tanitgan ser Aleks Fergyusondan tabrik qabul qildi.

Ronaldu final bahsida 25 daqiqa harakat qildi. U jarohat olib öyinni davom ettira olmadi va maydonni zambilda tark etdi. Uning örniga Rikardu Kuarejma tuşirildi.

Portugaliyalik uşbu futbolçini Fergyuson 2003 yili «Sporting»dan «Mançester Yunayted»ga olib kelgan, futbolçi 2009 yili «Real»ga ötguniça mançesterliklar jamoasi şarafini himoya qilgandi.

Manba: Tribuna.uz