FIFA terma jamoalarning iyun oyi reytingini e'lon qildi. Unga köra Özbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oyda egallab turgan örnini saqlab qoldi va ayni damda reytingning 66-poğnasida qayd etilgan.
Samvel Babayan boş murabbiyligidagi Özbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda 544 oçkoga ega.
Osiyo qit'asi jamoalari orasida esa, Özbekiston 6-örinda qayd etilgan. Qit'a reytingini hamon Eron milliy terma jamoasi boşqarib bormoqda. Eron milliy terma jamoasi ayni damda jahon reytingida 39-örinni egallab turibdi (688 oçko). Osiyo reytingida Erondan keyingi örinlarni Janubiy Koreya (50-örin, 603 oçko), Yaponiya (53-örin, 581 oçko), Avstraliya (59-örin, 563 oçko) hamda Saudiya Arabistoni (65-örin, 545 oçko) terma jamoalari egallab turişibdi.
Jahon reytingini esa Argentina terma jamoasi boşqarib turibdi (1503 oçko). Ikkinçi hamda uçinçi örinlarda esa Belgiya (1384 oçko) hamda Kolumbiya (1328 oço) terma jamoalari qayd etilgan.
Reytingning töliq körinişi bilan FIFA rasmiy saytida tanişiş mumkin.






