Fan va texnika tarixi sohasidagi taniqli olim, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ruben Akopoviç Safarov 86 yoşida vafot etdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

R. Safarov 1930 yilda Andijon şahrida tuğildi. 1953 yili Moskva yuridik institutini tugatdi. 1963 yilda nomzodlik, 1982 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a'zosi etib saylandi.

Özining 60 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida R. Safarov Andijon viloyati adliya boşqarmasi revizori, «Andijanskaya pravda» gazetasi muharriri, Davlat matbuot qömitasi raisining birinçi örinbosari, «Pravda Vostoka» gazetasi boş muharriri lavozimlarida mehnat qildi.

U özining uşbu yönalişdagi bir qança risola va maqolalari keng jamoatçilikka yaxşi ma'lum.

Akademikning Özbekiston ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U «Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, «Şuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.