Ziyouz.uz va qadriyat.uz saytlari “Eng gözal hikoyatlar” tanlovi ötkazmoqda. Avvalgi tanlovda eng gözal, ibratli hikoyalar tarjimalari aniqlangan edi.
Tanlovda mualliflar hayotda körgan yoki yaqinlari hayotida yuz bergan real ibratli hikoyalar bilan iştirok etişi mumkin.
Tanlov tartibi:
Tanlov iştirok etmoqçi bölganlar öz ijod namunalarini [email protected] poçtasiga yuborişi söralgan. Materiallar 2016 yil 17 iyuliga qadar qabul qilinadi. Ğoliblar 2016 yil iyul oyi sönggida e'lon qilinadi.
Iştirokçilar yuboradigan materiallar soni çeklanmagan. Ğoliblarni aniqlaşda hikoyaning mazmuni, dolzarbligi, matnning badiiy xususiyatlari, manbaning işonçliligi ham e'tiborga olinadi.
Tanlovga yuborilgan hikoyatlar www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlarida e'lon qilinadi.
Tanlov ğolibiga şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning 32 jildli “Hadis va hayot” töplami taqdim etiladi.
Tanlov talablari:
1. Hikoya avval boşqa manbalarda çop etilmagan bölişi kerak;
2. Hikoya muallif yoki uning yaqinlari hayotida yuz bergan real voqelik bölişi kerak. Töqima hikoyalar qabul qilinmaydi. Uşbu şartning bajarilişi muallifning ixlosiga havola qilinadi;
3. Hikoya turli tillarda çiqqan manbalardan köçirilmagan bölişi kerak;
4. Hikoya yuboruvçining özi tomonidan bayon qilingan bölişi kerak;
5. Hikoya boşqalar tilidan bayon qilinsa, uning kimligi qayd etilişi kerak.






