Indoneziyaning Bali orolida joylaşgan, xalq tilida “Denpasar” deb ataluvçi, Ngurax-Ray xalqaro aeroporti çorşanba kuni berkitildi. Bunga Raung nomini olgan vulqonning özidan kul otişi sabab böldi.

Mamlakat transport vazirligining vakili Ja Barat “aeroport qaçon öz faoliyatini qayta tiklaşi aniq emas”ligini ma'lum qildi. Muxbirlarning xabar qilişiça, Yava orolidagi içki yönalişlarga xizmat körsatuvçi yana ikkita aeroport berkitilgan. Ma'lumki, şu oyda bu aeroport ikki marta faoliyatini töxtatişga majbur bölgan edi. Bu öz navbatida, 900 ta parvozning bekor qilinişi yoki keyinga qoldirilişiga sabab böldi.

Raung vulqoni Surabay şahridan 180 kilometr ğarbda joylaşgan. Tabiiy ofatlarni bartaraf etiş Milliy boşqarmasi Axborot markazi rahbari Sutopo Purvo Nugroxoning aytişiça, vulqonning tutuni 2 ming metrgaça yetgan. Aholining xavfsiz joyga olib çiqilişi közda tutilmagan. Indoneziyada 130ga yaqin vulqon bölib, aviakompaniyalar vulqon otilişi bois samolyot parvozlarini töxtatib turadi.

Mutaxassislarning sözlariga qaraganda, amaldagi vulqonlar insoniyat uçun katta xavf-xatar tuğdiradi. Tarixda vulqonlar yer yuzida iqlim özgarişlariga sabab bölgani köplab uçragan. Ma'lumki, vulqondan bir neça kilometr balandlikka otiladigan kullar quyoş nurlarini ötkazmaydi. Bu esa, öz navbatida, kunlarning sovib ketişiga olib keladi. Biroq bugungi kunda vulqonlarning faolligi yaxşilikka deydiganlar ham bor. Çunki global isişlar ayni vulqonlar sabab töxtaşi mumkin, degan fikrlar aytilmoqda.

Ammo vulqonlar atrofidagi odamlarning közidagi qörquvlarni ham yoddan çiqariş kerak emas. Çunki ular vulqon qaçon uyğonişini aniq bilişmaydi. Vulqonlar tufayli har yili insoniy talofatlar qayd etiladi. Masalan, 1815 yilning aprel oyida Indoneziyada uyğongan Tambora vulqoni ikki kun mobaynida 90 mingdan ortiq kişining hayotiga zomin böldi.

Tahlilçilarining fikriça, nafaqat vulqon atrofida yaşaydigan insonlarning, balki bir neça yuz kilometr uzoqdagi odamlarning ham hayoti xavf ostida qolmoqda. Çunki vulqondan xavfli lavadan taşqari tonnalab kullar atmosferaga otiladi. Tarkibida zaharli moddalar bölgan kullar barça tirik mavjudotlarga, jumladan, insonlarga tahdid demakdir. Zaharli havo ölimga sabab bölişi mumkin. Suv osti vulqonlari esa sunamilarni keltirib çiqaradi. Şuni aytiş kerakki, bugungi kunda vulqonlar keltirayotgan zarar va insoniy talofatlar avvalgilariga nisbatan kamaygan. Bunga hukumatlarning körayotgan çora-tadbirlari, jumladan, monitoring tizimining yölga qöyilişi va aholini öz vaqtida xavfsiz joyga olib çiqilişi natijasida erişilmoqda.