Amerikalik kinoryojissyor Kventin Tarantino özining sevimli qahramoni nomini aytdi. Collider’ning ma'lum qilişiça, bu qahramon "Şarmisor pastkaşlar" ("Besslavnyye ublyudki") filmidagi Gans Landa hisoblanadi. Rejissyor bunday fikrni Quddusdagi xalqaro kinofestivalda aytdi.
"Landa – men qaçondir öylab topgan eng yaxşi qahramondir va ehtimol, qaçondir öylab topadigan eng yaxşisidir", deb aytdi Tarantino.
Uning aytişiça, u bu qahramonni öylab topayotganda u "lingvistik daho" ekanini tasavvur qilmagan. "Ehtimol, u mukammal idişda (germaniyalik yahudiylarning maişiy va adabiy tili – tahr.) gapira oladigan tarixdagi bir neça natsistdan biridir", deb qöşimça qildi rejissyor.
Filmda Landa rolini aktyor Kristof Valts ijro etgan. Bu rol unga "Oskar" mukofotini keltirgan.
Bundan taşqari, Tarantino 10-filmidan keyin "pensiyaga ketmoqçi ekanligi" haqidagi sözlariga izoh berdi. Agar Tarantino aytganini qilsa, unda unga pensiyaga ketişiga yana 2 ta film suratga oliş qoldi.
"Men 10 ta filmda töxtalmoqçiman, biroq 75 yoşimda menda suratga oliş uçun yana bitta hikoya borligiga qaror qilişim mumkin", deb aytdi rejissyor.
2015 yil dekabrda Tarantino Gollivudning Yulduzlar xiyobonida öz yulduziga ega bölgandi.







