Bugun e'tiboringizga u yoki bu sabablarga köra sayyohlarning kirişi taqiqlangan joylar xaqida ma'lumot beramiz.

Keymada-Grandi oroliga zaharli ilonlarning köpligi sabab sayyohlarning kirişi taqiqlangan. Orol Braziliya sohillaridan 35 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Körinişidan jannatmonandga öxşaydi, ammo orolga boriş tavsiya etilmaydi. Çunki bu yerga boriş hayotingiz xavf ostida qoladi, demakdir. Yam-yaşil orol zaharli ilonlarga tölib toşgan. Olimlarning sözlariga qaraganda, 0,43 kvadrat kilometrda 4000 ilon mavjud. Eng xavflisi ilonning botrops turidir. Bu ilonning zahri boşqa ilon zaharlaridan beş barobar kuçli ekani aytiladi. Bu ilon çaqqan har qanday odam şu zahoti vafot etadi. Mana şularni inobatga olgan Braziliya hukumati Keymada-Grandi oroliga sayyohlarning borişini taqiqlagan. Xalq bu yerni ilonlar oroli deb ataydi.

Syurtsey oroliga ham boriş taqiqlangan. 1963 yilda Islandiya suvlarida suvosti vulqonlari qayd qilindi. Vulqon natijasida yangi orollar paydo böldi. 2,7 kvadrat kilometrga teng bu orol turli mamlakat olimlarining diqqat e'tiboriga tuşdi. Orolga afsonalardagi olovlar hukmdori Surt şarafiga Syurtsey nomi beriladi. Bu yerda ilmiy işlar olib borilayotgani bois sayyohlarning kirişi mumkin emas. Orol paydo bölganidan beri olimlar bu yerda ösimliklarning ösişi, haşoratlarning paydo bölişi, quşlarning hayot keçirişi bilan boğliq hodisalarni örganişadi. Şu tariqa vulqonlarning otilişi natijasida paydo bölgan quruqlikda hayot qanday paydo bölgani örganiladi. Agar 80-yillarda mazkur orolda ösimliklarining 20 ta turi kuzatilgan bölsa, 2008 yilga kelib ularning turi 69 taga yetdi. Töğri 2000 yilga kelib eroziya va tölqinlar tufayli quruqlik 1,5 kvadrat kilometrgaça qisqardi. Ayni damda Syurtsey orolidagi quruqlikning qisqarişi ança kamaygan. 2008 yilda YuNeSKO orolni Jahon Madaniy merosi röyxatiga kiritdi.
.jpg)
Şimoliy Sentinel orolini ham taqiqlangan joylar röyxatiga kiritiş mumkin. Bengal körfazidagi Andaman orolida sentinel qabilasiga mansub aholi istiqomat qiladi. Bu qabila vakillari zamonaviy dunyo bilan mutlaqo aloqa qilmaydi. Şu sababli orolga taşrif buyurgan har qanday sayyoh, albatta, mahalliy xalq vakillari tomonidan hujumga uçraydi. Olimlarning fikriça, mahalliy aholi salkam 60 ming yildan beri atrof-muhitdan ayri holda istiqomat qiladi. Ularning soni yil sayin kamayib bormoqda. Ayni damda orolda 50 dan 400ga yaqin aborigen yaşaydi. Bu odamlar öz hududlarini himoya qiladilar. Ular 2004 yilda sunamidan aziyat çekkan hududlarini nazorat qilayotgan hukumatga tegişli vertolyotga öq otişgan edi. 2006 yilda baliqçilar hujumga uçraganidan söng hukumat sentinellarning yeridan uzoqroqda bölişni maslahat berdi. Olimlarning bu qabila bilan aloqa örnatiş borasidagi barça sa'y-harakatlari samarasiz yakunlandi.

.jpg)







