Ayollar hukumat tepasida: kuç va noziklik uyğunligi
|20:06 / 13.07.201612 45419 min
Qadimda donişmandlardan biri “biz dunyoni, ayollar esa bizni boşqaradi”, degan edi. Uçinçi ming yillikda bu qaraş yangiça ahamiyat kasb eta boşladi. Sönggi vaqtlarda jamiyatda ayollarning mavqei mustahamlanib borayotgani yaqqol közga taşlanmoqda, desak yanglişmagan bölamiz. Kuzatuvçilarning fikriça, siyosat keng tarqalayotgan kasblardan biriga aylanib qoldi. Bu kasbga bilim va tafakkurga ega, rahbarlik qobiliyati bor va özini körsatiş niyatida bölgan ayollar ham keng jalb qilinmoqda.
Jamiyat taraqqiyoti bir yerda qotib turmaydi. Avvallari ayollar faqat uy işlari, bola tarbiyasi bilan şuğullanişi kerak, degan fikrlar mavjud edi. Endilikda esa jamiyat işlarida ayollarning keng iştirokiga heç kim taajjub bilan qaramaydigan bölib qoldi. Masalan, siyosatga aralaşib qolgan erkakning rafiqasi ham turmuş örtoği bilan birga turli tadbirlarda iştirok etar ekan, özi bilmagan holda siyosatga kirib qoladi. Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli böliş bilan bir qatorda siyosatda özlarini körsatiş imkoniyatlariga ega bölişdi. Biroq, tan oliş kerak, ayrim mamlakatlarda ayollarning örni oşxonada, degan qaraşlar ham butkul yöqolmagan.
Bugungi global zamonda ayollarning örniga yetarliça baho beriş juda ham zarur. Çunki ayollardagi iş qobiliyati, mamlakatlarning yangi bosqiçga kötarilişida muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixda ayollarning hokimiyatda bölişi bilan boğliq hodisalarga alohida e'tibor qaratiş kerak. “Nozik jins” vakillari murakkabliklar va muammolarni hal qilişda erkaklardan qolişmagan holda harakat qilganlariga tarix guvoh.
Bundan bir oy avval heç kim 59 yoşli Tereza Meyning boş vazir bölişini hayoliga ham keltirmagan edi. Köpçilik Devid Kemeronning merosxöri sifatida Xazina kansleri Jorj Osbornni körardi. 23 iyunda bölib ötgan referendum hamma narsani ostin-ustun qilib taşladi, göyo.
23 iyunda bölib ötgan referenumda köpçilik aholi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişini qöllab-quvvatladi. Şundan söng boş vazir Devid Kemeron iste'foga çiqişi borasida ma'lum qildi. Hukmron Konservativ partiya yangi rahbar izlaşga kirişdi. Bu jarayon 9 sentabrga qadar davom etişi kutilayotgan edi. Ammo jarayon tezlaşib ketdi. Avvaliga beş nafar nomzod körsatilgan edi. Şundan ikki nafari, ya'ni Tereza Mey va Andrea Lidsom örtasida kuraş borişi aytilgan edi. Kuni keça Andrea Lidsom öz nomzodini qaytarib olişga qaror qildi. Şu tariqa Tereza Meyning özi qoldi.
Kuni keça Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron bayonotida 13 iyul kuni iste'foga ketişini bildirdi. U öz sözida 12 iyul kuni vazirlar mahkamasining sönggi majlisiga raislik qilişini ta'kidlab ötdi. 13 iyulda boş vazir Vakillar Palatasida çiqiş qilib deputatlarning savollariga javob beradi. Şundan söng Bukingem saroyiga yöl olib qiroliçaga iste'foga çiqişi borasida murojaat qiladi. Qiroliça Yelizaveta Ikkinçi London taşqarisida bölib, poytaxtga 14 iyulda qaytişi aytilmoqda. Nima bölganda ham 13 iyul Buyuk Britaniyada yangi boş vazir öz faoliyatini bajarişga kirişadi. Içki işlar vaziri lavozimida işlab kelayotgan Tereza Mey Buyuk Britaniya xukumatini boşqaradigan böldi.
Hukumat almaşinuvi çorşanba kuni bölib ötadi. Olti yil Buyuk Britaniya hukumatiga rahbarlik qilgan Devid Kemeron bugun Dauning-strit köçasidagi 10-raqamli binoni tark etadi. Dauning-strit köçasidagi 10 deyilganda köpinça Britaniya hukumati tuşuniladi. XVII asrda qurilgan mazkur bino mana 111 yildirki Boş vazirning qarorgohi bölib xizmat qilmoqda. Hukmron Konservativ partiya rahbari Tereza Mey boş vazir lavozimini egallaydi.
Britaniya qonunlariga köra, yangi boş vazir maxfiy maktub yozişi kerak böladi. Bu maktubda, yadro hujumlari yuz bergudek bölib hukumat a'zolarining hammasi halok bölgan taqdirda amalga oşiriladigan işlar bayon qilinadi. Yangi boş vazir şaxsan öz qöli bilan tört nusxada yozgan maktubi konvertga solinib, muhrlanadi va yadro qalpoqçalari bölmiş ballistik raketalari mavjud bölgan törtta Trident suv osti kemalari komandirlariga yuboriladi. Boş vazir maktubi submarinalarning jangavor postlarida ikki tomonlama muhofazalangan seyflarda saqlanadi. Maktublarning matni heç qaçon oşkor qilinmaydi. Boş vazir iste'foga ketganidan söng bu maktublar yöq qilinadi. Taxminlarga qaraganda boş vazir maktubida törtta variant aks etadi. Ya'ni, javob zarbasi beriş, javob zarbasi berişdan voz keçiş, qömondonlar öz xohişlariga köra qaror qabul qilişlari va ittifoqçi davlatlar qömondonlariga ötiş tavsiya qilinadi.
Tereza Mey Birmingemda sözlagan nutqida mamlakat taraqqiyotidagi uçta muhim yönaliş xaqida töxtalib ötdi. U öz sözida mamlakat kelajagiga işonç bilan qaraşini, nafaqat Konservativ partiya a'zolarini, balki butun mamlakatni jipslaştiriş niyatida ekanini, Buyuk Britaniya yaxşi hislatlarga ega arbobga muhtojligini ta'kidlab ötdi.
Tereza Mey 1956 yilning 1 oktabrida Istbornda tuğilgan. Oksford universitetining juğrofiya fakultetini tamomlagan. Angliya Banki va London boşqaruv idoralarida işlagan. 2010 yildan beri içki işlar vaziri lavozimida işlab keladi. 2010—2012 yillarda bir vaqtning özida Xotin-qizlar işlari böyiça vazir lavozimida işlagan. 1997 yildan parlamentning Vakillar palatasi a'zosi.
Kuni keça Sky news telekanali ötkazgan ijtimoiy sörov natijalariga qaraganda, Tereza Meyni respondentlarning 62 foizi qöllab-quvvatlaşlarini bildirişgan. Eslatib ötamiz, muxolifatdagi leyboristlar partiyasining rahbari Jyeremi Korbinni atigi 18 foiz respondent qöllab-quvvatlamoqda. Şu bilan birga aholining 44 foizi qaytadan umumiy saylovlar ötkazilişi kerakligini ta'kidlagan bölsa, 47 foizi saylovlarga qarşi çiqmoqda. Tereza Mey ham muddatdan ilgari parlament saylovlari ötkazilişiga hojat yöqligini aytib keladi. Tereza Mey 23 iyun kuni Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqiş borasida qarorga kelgan Buyuk Britaniya aholisining xohiş-irodasini bajarişga tayyor ekanini bildirdi.
13 iyuldan boşlab Buyuk Britaniya tarixida sönggi 26 yil mabaynida ilk bor ayol kişi boş vazirlik vazifasiga kirişadi. Mamlakat tarixida “temir xonim” nomi bilan hukumatni boşqargan Margaret Tetçerdan boşqa heç bir ayol hukumatni boşqarmagan edi. Mey qiroliça Yelizaveta II davridagi ön uçinçi boş vazir sifatida tarixga kiradi. Qiroliça hukmronligining birinçi boş vaziri Uinston Çerçill bölgan edi.
Tereza Meyni temir xonim Margaret Tetçerga qiyoslaşmoqda. Ammo uning özi bu öxşatişlarga unçalik ham qöşilmaydi. Lekin bu ikki siyosatçi ayolning öxşaş tomonlari bor. Tetçer ham (1950, 1951 yy), Mey ham (1992, 1994 yy) ikki marta parlament saylovlarida mağlubiyatga uçragan. Temir xonim boş vazir lavozimini egallaganda 53 yoşda edi. Ungaça 20 yil parlamentda faoliyat yuritdi. Mey xonim esa 59 yoşida boş vazir böldi. Ungaça 19 yil parlament deputati böldi. Tetçer tört yil mobaynida (1975-1979) muxolifat raxbari böldi. Biroq Mey bunday tajribaga ega emas. Ammo uning olti yil Içki işlar vaziri lavozimida faoliyat yuritişi Buyuk Britaniyaning sönggi 100 yillik tarixidagi rekord körsatkiçdir. Tetçer kabi Meyning xam otasi ruhoniy bölgan. Ularning har ikkisi Oksford universitetini tamomlagan. Tetçer kimyoni, Mey esa juğrofiyani bitirgan.
Tereza Meyning boş vazir lavozimiga tayinlanişi barça tomonlarning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu xaqda boş vazir örinborsari va kansler rahbari Jorj Osborn ma'lum qildi.
Tereza Mey Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişiga qarşi edi. Endi esa mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişi borasida muzokoralar ötkazişga majbur.
Mey xonimning xalqqa yaqinligi sabab uni britaniyaliklar yaxşi köradi. Uning bir kamçiligi bor. U ham bölsa çiroyli buyumlarni yaxşi körişidir. “Menga latta va tuflilar yoqadi, ular kareramga xalaqit bermaydi”, deydi Britaniya yangi boş vaziri. Meyning soğliğida muammo bor. U qandli diabetga çalingani bois muntazam ravişda insulin olib turadi. Buning ustiga farzand köra olmasligidan aziyat çekadi.
Yangi hukumatga kimlar kiradi? Tahlilçilarning fikriça, taşqi işlar vaziri Filip Xammond mavqe jihatidan hukumatda ikkinçi örinda turuvçi moliya vaziri lavozimini egallaydi. Içki işlar vaziri etib Mehnat va pensiya işlari vaziri Stiven Krabb yoki mudofaa vaziri Maykl Fellon tayinlanişi kutilmoqda.
Kuni keça xalq Mey xonimni yana yaxşi körib qoldi. Ma'lumki, hukumat qarorgohida Lari laqabli muşuk bor bölib, siçqon tutiş bilan şuğullanadi. Yangi boş vazir bundan keyin ham qarorgohda Larri qolib, siçqon tutiş vazifasini davom ettiraverişini aytdi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan mulohazalarga qaraganda, muşukka ham ozor bermaydigan boş vazir britaniyaliklarni xafa qilmaydi.
XX—XXI asrlarda hukmronlik qilgan ayollar
Viktoriya (1819 -1901) — Buyuk Boritaniya qiroliçasi (1837-1901).
Yevgeniya de Montixo (1826—1920) — Fransiya imperatritsa-konsorti va regenti.
Izabella II (1830-1904) — Ispaniya qiroliçasi (1833—1868).
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi