AQŞ yöl xavfsizligi suğurta instituti (IIHS) 21 ta ixçam krossoverning faralarini sinovdan ötkaziş natijalarini çop etdi. Mutaxassislar umumiy hisobda komplektatsiyaga boğliq holda özgaruvçi yoruğlik texnikasining 47 ta turli variantini tekşirdilar. Eng yaxşi natija yakuniy jadvalga kiritildi.

Sinovlar kunning qoronğu vaqtida ötkazildi. IIHS mutaxassislari maxsus sensorlar yordamida faralardan tuşuvçi yoruğlikning miqdorini burilişning töğri va 4 ta turida (öng va çap virajlar, ravon va keskin burilişlar) ölçaşdi.

Yakuniy baholar 4 ballik şkala: "yaxşi", "qoniqarli", "zaif" va "yomon" böyiça qöyildi. Sinovdan ötkazilgan avtomobillardan birortasi yuqori ball ololmadi, ulardan deyarli yarmi, ya'ni 12 maşinaga eng past baho berildi. 

IIHS vakillari fikriça, eng yomon faralar bilan Honda HR-V modeli jihozlanadi. Sinalganlardan eng yaxşi faralar "Mazda" CX-3’ga örnatilişi ma'lum böldi.

Krossoverlar faralari sinovi natijasi 

Qoniqarli  Zaif  Yomon
Ford Escape 2017  BMW X1  Audi Q3
Honda CR-V  Mazda CX-5  Buick Encore
Hyundai Tucson  Mitsubishi Outlander  Chevrolet Trax
Mazda CX-3  Toyota RAV4  Fiat 500X
 VW Tiguan  Honda HR-V
  Jeep Patriot
  Jeep Renegade
  Jeep Wrangler
  Kia Sportage 2017 m.g
  Mitsubishi Outlander Sport
  Nissan Rogue
  Subaru Forester

IIHS birinçi sinovlarni mart oyida ötkazgandi. Sinovlarda 31 ta model va yoruğlik texnikasining 82 varianti iştirok etgandi. Öşanda eng yaxşi faralar bilan Toyota Prius v kompaktveni, eng yomon faralar bilan esa BMW 3-Series jihozlangan, deb tan olingandi. 

Yaqin kelajakda avtomobillar IIHS tomonidan kraş-sinovlarda eng yaxşi natijalarni körsatgan maşinalarga beriladigan eng yuqori mukofot Top Safety Pick +’ni oliş uçun "Yaxşi" yoki "qoniqarli" bahosini olişlari kerak.