Google Play dasturlar dökonida yuklab olingan kontentlarni oila a'zolari bilan bölişiş imkonini beruvçi yangi funksiya paydo böldi. Bu haqida kompaniyaning sayti xabar beradi.  

Mazkur funksiya Google Play Family Library deb nom oldi va Apple'ning şunga öxşaş dasturidek işlaydi. Google Play oilaviy guruhi doirasida oltita foydalanuvçilarga ilovalar, musiqa, öinlar va videoga ulaniş imkonini beradi. Buning uçun a'zolar akkauntlari asosiy profil ulangan bank kartasiga boğlangan bölişi kerak. 

Kontentni qurilma orqali Android, Google saytlari va iOS'dagi Google Play dasturlari bazasida ötkaziş mumkin.

Oilaviy guruhni tuziş uçun heç qanday qöşimça mablağ olinmaydi. Faqatgina kelgusidagi sotib olişlar uçun öz kredit kartangizni barça ma'lumotlarini kiritiş lozim. Bolalar barça pullarni tasodifan öyinlar uçun sarflab yuboriş holatini oldini oliş maqsadida, Google har safar akkaunt egasiga sotib olişni tasdiqlaşi uçun sörov yuboradi.

Yangi funksiya ayni damda AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Braziliya va Yaponiyada mavjud. Google bayonotiga köra, xizmat qolgan mamlakatlarda bir oy davomida paydo böladi.