Ziyouz.uz va qadriyat.uz saytlari “Eng gözal hikoyatlar” tanlovi ötkazmoqda. Quyida tanlovga qöyilgan hikoyalardan biri özgarişlarsiz keltiriladi.
Eng gözal röyo
2012 yil. Şa'bon oyi. Baroat keçasida salovatlar öqişim kerak, deb juda köp tayyorgarlik qilib yurgan edim.
Özga yurtda bölganligim bois qölimda yetarliça salovatlar yöq, internetdan arab tilida yozilgan salovatlarni juda köp izlagandim. Tört yoki beş kun davomida soatlab internetda ötirib, bir qança salovatlarni töpladim. Salovatlarning ma'nosi şunday gözal ediki, öqilganda qalbning tub-tubiga singib, inson ruhiga özgaça halovat bağişlar edi.
Umr yöldoşim ham arab tilini a'lo darajada bilganliklari bois har kuni işdan kelişlarini poylab ötirar edim. Arab tilida ba'zi harakatsiz yozilgan sözlarni öqiy olmasdim, umr yöldoşim menga qaraşib yuborar edilar. Şunday qilib salovatlarni xatosiz, töğri öqişga harakat qildim.
Va nihoyat men «Baroat» keçasiga tayyor edim. Endi tezroq şu keça kelsa-yu, men töyib-töyib töplagan va biridan-biri gözal bölgan salovatlarimni Nabiyimiz va habibimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uçun zavqlanib öqişni kutardim.
Öşa kunlari umr yöldoşim maşina oliş arafasida yurgan edilar. Har kuni internetdan narxlari ma'qul bölgan maşinalarni birgalaşib tomoşa qilardik, ma'qul kelganiga xöjayinim qönğiroq qilib, borib körib kelardilar. Şu orada xöjaynimga bir maşina yoqqandek böldi. Narxiyam ma'qul. Menga “kel ikkimiz bir istixora qilib köramiz” deb qoldilar.
Öşa kunlari maşinaga aldanib qoldimmi, çalğidimmi, bilmadim «Baroat» keçasini qanday qilib ötkazib yuborganimni sezmay ham qolibman. Meni ğaflat tutib, şunça kun kutib yurgan muborak «Baroat» keçasini ötkazib yuborganimni bilmay qolibman.
Şa'bon oyining 15-kunidamiz. Asr vaqti. Men hali hanuz ğaflatda. Namozimni öqib, bilgan salovatlarimni ayta boşladim. Birdan yodimga bugungi kun Şa'bon oyining 15-kuni ekanligi yodimga tuşib qoldi.
“Ey Alloh, nahotki muborak keçani ötkazib yuborgan bölsam”, deb yuragim siqildi. “Essiz, şunça körgan tayyorgarliklarim”, deb özimdan xafa bölib ketdim. Söngra mahzun holatda salovatlar yozilgan daftarimni olib, heçdan köra keç deb birin-ketin bor ovozim bilan öqiy boşladim. Şu zaylda to ularni öqib tugatgunimga qadar çamamda ikki soatça vaqt ötdi.
Könglim sal tinçiganday böldi. Ammo... Vaqtida öqiy olmaganim uçun iç-içimdan hali hanuz xafa edim.







