Jakarta şahrida istiqomat qiluvçi indoneziyalik öz mikroavtobusini namoz öqiş uçun qulay tarzda qayta jihozladi. Bundan maqsad avtomobil tirbandligi paytida namoz vaqtini ötkazib yubormay, avtomobilda ibodat qiliş uçun şaroit yaratiş hisoblanadi. 

"Bir kun turmuş örtoğim bilan ketayotib, masjidda namoz öqişni niyat qildim. Biroq maşinam tirbandlikda qolib ketdi. Masjidga belgilangan vaqtda yetib bora olmadim. Şu sabab, namozni avtomobilimda öqişga qaror qildim”, deydi jakartalik Sutikno. 

Ana şundan söng, unda maşinasini “masjid”ga aylantiriş ğoyasi tuğiladi. Ulovini yaşil rangga böyab, ibodat uçun namoz joynamoz olib yuradigan böldi. 

Hozir esa öziga xos “mobil-masjid” odamlar gavjum joylarda yoki masjiddan uzoq nuqtalarda töxtab turadi. Musulmonlar bemalol unda namozlarini ado etişlari mumkin. Hatto, uning içida ibodat uçun maxsus liboslar va tahorat uçun imkoniyatlar ham yaratilgan. 

Qayd etiş kerakki, Indoneziya dunyodagi eng köp musulmon aholiga ega mamlakat sanaladi. U yerda 202 million atrofida musulmon istiqomat qiladi. Mamlakatda 800 ming masjid bor.