"Kosa Nostra" nomi ostida faoliyat yuritgan Italiya mafiyasi yetakçisi Bernardo Proventsano vafot etdi. Bu haqda Rai News24 telekanalida xabar qilingan.

83 yoşli jinoyatçi 2006 yildan buyon qamoqxonada saqlab kelinayotgandi. Oxirgi vaqtlarda uning soğliği yomonlaşgan.

U 1993 yili Sitsiliyada "Çöqintirgan ota" Salvatore «Toto» Riini hibsga olingaç, mafiya yetakçisiga aylangan va jinoiy taşkilotni yanada kengaytirgandi. 43 yil davomida suddan qoçib yurgan Proventsano 2006 yili qölga tuşgandi. U Parmada bir neça qotilliklarni amalga oşirgani (xususan, 2 nafar sud hakami) uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. 

Birinçi qotillikni Proventsano 25 yoşida sodir etgan (raqiblar yetakçisini öldirgan).

U hibsga olinganida politsiyada uning yagona surati bölgan, bu surat 1959 yili olingan.

2011 yilda saratonga çalingan mafiya yetakçisi 2012 yil mayida öz joniga qasd qilişga uringanida qamoqxona nozirlari tomonidan töxtatib qolingan. 2014 yilda Proventsano asab tizimidagi buziliş tufayli San-Paolo şifoxonasiga ötkazilgan.

Proventsanoning laqabi "Traktor Binnu" bölgan, bunga u odamlarni öldirişda har qanday şafqatsizlikdan qaytmagani sabab bölgan. 

Koza nostra — Sitsiliyadagi jinoiy taşkilot, unga XIX asr boşida asos solingan.