«Barselona» jamoasining sobiq himoyaçisi Mark Bartra özining jamoadan ketişi sababi va murabbiy Luis Enrike bilan munosabatlari haqida gapirib ötdi.
«Men Angliyaga qarşi öyindan qaytganimda özimning öyinimdan mamnun edim, lekin klasiko uçun zayavkaga kiritilmadim. Öşa vaqtda «Barselona»ni tark etişim kerakligini angladim.
Men barça gapni aytmoqçi emasman. Murabbiylar va jamoa prezidenti mening qolişimni söraşdi. Lekin klubda qoliş boşqa, klubda özingni qadrlaşlarini his qiliş boşqa. Meni şunçaki inkor qilişgan vaqtlar böldi.
Men Gvardiola murabbiy bölgan vaqtda özimga işonçim baland edi. Tito Vilanova esa meni asosiy tarkibga kiritdi. Tata Martino boş murabbiy bölganida jamoaning 30 uçraşuvida qatnaşdim va terma jamoaga çaqirila boşladim.
Men Luis Enrike kelguniça yuqorilab borayotgandim. Men u kelganida yaxşi öynayotgandim, lekin keyin meni çetga çiqarişdi. Keyingi 18 oy men uçun oğir keçdi.
Men endi faqat Dortmund va bu jamoadagi debyutim haqida öylayapman. Menda 4 yillik şarnoma bor. Men muvaffaqiyatli kelajak haqida öylay olaman. Men bu klub uçun borimni berişga tayyorman», — degan Bartra.
Manba: Tribuna.uz







