Necksound audiotizimida yangi özgariş ixtiro qilindi. Kompaniyadagilar ajoyib quloqçin işlab çiqişdi. Yangilikning ajobtovurligi şundaki, endi quloqlar böş turadi, ammo musiqa sadosi quloqlarda yangrayveradi. Quloqçin xuddi taqinçoq singari böyinda osilib turadi va harakat erkinligini ta'minlaydi. Bu tongda yuguruvçilar va velosipedi borlar uçun juda yaxşi yangilik böldi. 

Necksound nafaqat sifatli musiqa eşitiş imkonini, balki telefon qönğiroqlariga javob beriş qulayligini ham taqdim etadi. Bundan taşqari, tizimda 4 GB xotira bölib, Necksound’dan 1000 ga yaqin qöşiq yuklab oliş mumkin. Asosiysi, qurilma harakatga xalaqit qilmaydi, çunki uning oğirligi juda kiçik vaznga ega.
Necksound uşbu quloqçinni soğlom turmuş tarzini sevuvçilar uçun maxsus çiqargan. Kompaniyadagilarning fikriça, yuguruvçilar, velosipedda uçuvçilar, qoyalarga kötariluvçilar mana şu quloqçinlardan foydalanişsa, harakatlari erkinligini ta'minlagan böladi.