Yevrokomissiya va Yevropa Investitsiya banki (YeIB) Portugaliyada okean tölqinlaridan elektr energiyasi oliş maqsadlari yölida 10 million yevro ajratadigan böldi. Bu borada Yevrokomissiya rasman bayonot tarqatgan.
Mablağlar bu sohada ançadan beri faoliyat yuritib keladigan Finlyandiyaning AW-Energy kompaniyasiga beriladi. Aynan mana şu kompaniya tölqinlarda energiya yaratiş texnologiyalariga ega.
Bu kabi texnologiyalardan foydali işlarda, ya'ni şör suvlarni çuçuklaştiriş, suvlarni rezervuarlarga yuboriş maqsadlarida foydalaniş mumkin. Mutaxassislarning fikriça, hozirça tölqinlar quyoş energiyasi darajasida energiya bera olmaydi. Biroq boşqa muqobil energiyalarga qaraganda köproq energiya bera oladi. Masalan şamolga nisbatan tölqin kuçli ekani aytiladi. Hozirça tölqinlardan elektroenergiya yaratiş keng ommalaşmagan. Bugungi kunda faqat eksperimental tadqiqotlar ötkazilmoqda, xolos. Tölqinlar energiyasidan kemalar harakati maqsadlarida ham foydalaniş mumkin. Okean sohillarida joylaşgan mamlakatlar, jumladan Buyuk Britaniya va Irlandiya foydalanadigan umumiy elektr energiyasining 5 foizi tölqinlardan olişi mumkinligi örganilmoqda. Buyuk Britaniyada Oyster deb nomlangan generator mavjud. Tölqindan elektr oliş imkoniyatlari şuningdek, Şimoliy, Janubiy Amerika, Avstraliya, Janubiy Afrika va Yangi Zelandiyada yuqori hisoblanadi.
Jahondagi birinçi tölqin elektrostansiyasi Portugaliyaning Agusadora tumanida okeandan 5 kilometr uzoqlikda qurilgandi. U rasman 2008 yilning 23 sentabrida iş boşlagan. Mazkur elektrostansiyaning quvvati 2,25 MVt bölib 1 ming 600ta xonadonni elektroenergiya bilan ta'minlaşga qodir. Aslida bu elektrostansiya 2006 yilda işga tuşirilişi kerak edi. Ammo bir qator murakkabliklar tufayli foydalaniş ikki yilga keçikib ketdi.
Elektrostansiya Şotlandiyaning Pelamis Wave Power kompaniyasi tomonidan loyihalaştirilgan. Bu kompaniya 2005 yilda Portugaliyaning Enersis energetika kompaniyasi bilan tölqin elektrostansiyasini quriş borasida şartnoma imzoladi. Şartnoma narxi 8 million yevroga teng bölib, elektrostansiya suzib yuruvçi uçta qurilmadan iborat.
AQŞ va Yevropa Ittifoqi bu sohani rivojlantirişa yuz millionlab yevro ajratmoqda. Germaniyada bu turdagi elektrostansiya quriş uçun ruxsat dengiz va gidrografik Federal agentligidan olinadi.
Tahlilçilarning fikriça, tölqin elektrostansiyasi portlarni muhofaza qiluvçi, tölqin qaytaruvçi vazifalarni ham bajaradi.
Bugungi kungaça okean tölqinlari vayronagarçilik keltirardi. Endi esa ulardan maqsadli foydalaniş közda tutilmoqda.







