12 iyul kuni Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi örta maxsus islom bilim yurtlarida 2016-2017 öquv yili uçun qabul imtihonlari boşlandi. Bu haqda muslim.uz xabar tarqatgan.

Imtihonlar tasdiqlangan nizomga köra, “Ona tili” fanidan diktant, “Ma'naviyat va ma'rifat”, “Çet tili”, “Tarix” fanlaridan test sinov şaklida bölib ötdi. 

Qabul imtihonlarini yuqori saviyada taşkil etiş maqsadida, barça diniy ta'lim muassasalarida malakali öqituvçilar hamda tibbiyot xodimlari jalb qilingan. Abituriyentlar guruhlarga ajratilib, imtihon ötkaziladigan xonalarda zarur şart-şaroitlar yaratilgan. Ota-onalarining dam olişlari uçun ham salqin içimliklar, toza va şinam joylar taşkil etilgan. 

Qabul imtihonlari oldidan abituriyentlar va ularning ota-onalari iştirokida yiğiliş ötkazildi. Unda imtihon ötkaziş tartibi haqida tuşunçalar berildi. Maxsus qoplarda muhrlangan imtihon savollari Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayinlangan vakillar hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan çiqqan vakillar guvohligida oçildi. 

Yiğilişda ota-onalar sözga çiqib, yoşlarimiz diniy va dunyoviy ta'lim olişlari uçun, bugungi kunda, hukumatimiz tomonidan barça şart-şaroitlar yaratilganligi, bularning barçasi jonajon Vatanimizning mustaqilligi, tinç va osoyiştaligi şarofati hamda “Vijdon erkinligi töğrisidagi qonun”ning amaldagi ifodasi ekanligini ğurur va iftixor bilan ta'kidladilar. 

Yiğiliş yakunida barça abituriyentlarga omad va zafarlar tilab, guruhlar özlari uçun ajratilgan xonalarga joylaştirildi hamda kiriş imtihonlari boşlandi. 

Eslatib ötamiz, mazkur imtihon natijalari 15 iyul kuni e'lon qilinadi. Imtihondan ketma-ketlikda eng yuqori ball töplagan 24  abituriyent örta maxsus islom bilim yurtlariga öqişga qabul qilinadi.