Bryusselning Sen-Jil tumanida 13 iyul keçki payt bir neçta portlaş yuz berdi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lum qildi. Portlaşlar 2 ta yoki 3 ta bölgani – hozirça noma'lum.

Köça çetida turgan bir neçta avtomobil alanga içida qolgan. Alangani öçirişga öt öçiruvçilar jalb qilinganlar.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari voqea joyidan olingan foto va videolarni faol ravişda çop etmoqdalar. Ulardan körinişiça, hudud örab olingan, u yerda tezkor xizmatlar işlamoqda.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozirça heç qanday ma'lumot yöq.

Eslatib ötamiz, Bryusselda NATOning boş qarorgohi joylaşgani sababli terrorçilar bu şaharni avval ham öz nişoniga olgandi.