Dunyoda yuz berayotgan fitnalar haqida fikr yuritgan kişi çuqur öyga toladi. Din duşmani bölgan “uçinçi tomon”ning qöğirçoğiga aylangan manqurt kimsalar barçaning nafratini qözğamoqda. 
Muborak Ramazon oyida ham Iroqning Bağdod şahridagi masjid yonida terrorçi-xudkuş qöporuvçilik qildi. Oqibatda 12 kişi halok böldi. Bir kun ötib Turkiyaning Istanbul şahridagi aeroport hududiga bostirib kirgan 3 nafar jangari öt oçişi natijasida 41 kişi hayotiga zomin böldi. Iroq poytaxtida 3 iyulga ötar keçasi sodir etilgan teraktda halok bölganlar soni 200 kişidan oşdi. Eng açinarlisi Ramazon hayiti arafasida musulmonlar uçun tabarruk joy – Masjidu Nabaviy oldidagi xudkuşlik hammasidan ham ötib tuşdi. 

Uşbu mudhiş voqealar yovuz duşman işidir. Afsuski, aqlsiz kimsalar “uçinçi tomon”ning aldovlariga uçib, mana şunday şafqatsizliklarga qöl urmoqda. Bunday “uçinçi tomon” balosidan qanday saqlaniş mumkin? Quyida manfaatdor kuçlar makr-hiylalari oqibatlari, fitnalaridan ogoh böliş borasida söz yuritamiz.
 
“Uçinçi tomon”ning yovuzliklari
 
Keskin qarama-qarşilik, zimdan tös-töpolonlar uyuştiriş tobora kuçayib borayotgan bir vaziyatda xalqimizni oqni qoradan ajratişga qodir insonlar etib tarbiyalaş, doim huşyor va sezgir bölişga çaqiriş ğoyatda muhimdir. 
Ma'lumki, tim qoronği tunda mayoq qaysi tomonni körsatsa, odamlar şu yoqqa qaraydi. Ular qayoqqa qarab yurişlari mayoq tutgan kimsaga boğliqdir. “Uçinçi tomon” nayranglar bilan jamiyatdan özining yoqlovçilarini ajratib olgaç, bu töda ongiga ham “egalik” qiladi. Uşbu töda a'zolarini “erkinlik”, “inson haq-huquqlari”ga doir közböyamaçiliklari bilan qayraydi. 
Afsuski, sodda odamlar “mayoq” körsatayotgan tomongagina talpinadi. Uni boşqarayotgan qölni esa körmaydi. Soğlom fikr egalari esa mayoq tutgan şaxsning kimligiga e'tibor beradi. 
Hozir xalqni töğri yöldan ozdiriş va qöqqisdan ğalayonlar uyuştiriş ortida “uçinçi tomon”ning qora maqsadlari yotgani heç kimga sir emas. Butun yer yuzida tinçlikka tahdid solayotgan IŞIDning qilmişlari bunga yaqqol misol. Uşbu terrorçi tödalar “uçinçi tomon”ning buyurtmasini bajarib, tös-töpolonlar qilib, xudkuşliklar bilan muborak Islom dinini yomonotliq qilayotganidan barça xabardor bölişi zarur. 

Dunyoga razm solsak, ayrim mamlakatlarda fitnalar sabab ibodat qiliş u yoqda tursin, oddiy kun keçirişning özi muammo bölib qolmoqda. Hatto ibodat paytida ham buzğunçilar tomonidan odamlar portlatib yuborilmoqda. Musulmon odam ikki dunyoda bunday qabihliklarga qöl urmaydi. Demak, uçinçi bir manfaatdor tomon, közga körinmas töda borki, manqurtga aylangan gumroh kimsalarni boşqarib turibdi.