Buyuk Britaniyaning yangi boş vaziri Tereza Mey Buyuk Britaniyani Brexit bilan boğliq "ulkan milliy özgarişlar" kutayotganidan ogohlantirdi.
"Biz hozir muhim bosqiçda turibmiz, ulkan milliy özgarişlar vaqti kelmoqda. Biroq biz Buyuk Britaniya bölganimiz uçun bu çaqiriqni qabul qilamiz. Va biz hamma uçun yaxşi bölgan davlatni yaratamiz. Bu men boşqaradigan hukumat missiyasi böladi. Biz yaxşiroq Britaniyani quramiz", deb aytdi Mey boş vazir sifatidagi özining birinçi nutqida.
Mey Bukingem saroyidan qaytgandan keyin, Dauning-strit köçasidagi boş vazir qarorgohi kiraverişida nutq sözladi.
Eslatib ötamiz, 13 iyulda qiroliça Yelizaveta II Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeronning iste'fosini qabul qildi va Tereza Meyni yangi boş vazir etib tayinladi.







