Braziliyalik maşhur yozuvçi Paulo Koelo özining navbatdagi asarini öquvçilarga taqdim etdi. Dunyodagi asarlari eng köp öqiladigan yozuvçilardan biri bölgan ijodkorning galdagi romani «Josus» yoxud «Mata Hari» deb nomlanadi. Kitob allaqaçon dunyoning qator tillariga tarjima qilina boşlandi. Bu haqda yozuvçi özining twitter'dagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Josus» («Mata Hari») - asar hayotiy voqealarga asoslanadi. Asar Mata Hari ismli, davlatga xiyonat qilganlikda ayblanib, qatl qilingan qiz haqida. Mata Xari Birinçi jahon uruşi vaqtida Parijda yaşagan raqqosa bölgan. U juda gözal bölgani uçun Parijning obröli kişilari e'tiboriga tuşadi. Öşa vaqtdagi zöravonlik va aslzodalarning erkaliklariga qarşi çiqadi. Aynan şuning uçun uning hayotiga zomin bölişadi.

Ölimga hukum qilingan Mata Hari unga pero, qoğoz olib kelişlarini söraydi va xat yozadi. Oxirgi 20 yillikda Buyuk Britaniya, AQŞ va Niderlandiya hukumati raqqosa qizning hayoti haqida köplab hujjatlar va öşa xatni ham topişadi. Bu xat esa egasini topadi... U Paulo Koeloning qöliga tuşib qoladi...

«Bir kuni stolimning ustida toğ-toğ bölib uyulib yotgan hujjatlarga közim tuşdi. Ular orasida Mata Haraning xati ham bor edi. Uni öqir ekanman hayratga tuşdim - bu qiz qanday qilib şunçalik köp duşman orttirgan ekan...»,- deydi ijodkor.

Öşa xat asosida Koelo Mata Harining obrazini tiklaydi. Unda qizning bolaligidagi xotiralarigaça yozilgan edi: Yave ismli aroqxör diplomatning xotini bölganidan Fransiyada ekzotik raqsni maromiga yetkazib ijro etayotganidagi sarmast tuyğularigaça.

«Mata Hari ilk ozodlikka intilgan va şaxs sifatida unga yetişgan ayollardan. U jamiyatdagi ayollar ustidan hukmronlik örnatişga haqlimiz deb öylaydigan erkaklarga isyon qiladi. Uning xatidan köp örnak olsak böladi. Mata Harining yagona aybi şundaki, u mustaqil ayol edi»,- deydi Koelo.

Mata Hari otuvga hukm qilinadi. Hukm bajarilişidan oldin u közini boylaş uçun berilgan boğiçni taqişdan boş tortadi. U qotilining köziga tik qaraşni xohlaydi va «Men tayyorman» deydi. Asar mana şu ayol taqdiri haqida.

Paulo Koeloning yangi asari şu yilning kuzida Rossiyaning AST naşriyotida rus tilida naşrdan çiqişi kutilmoqda. Bu haqda naşriyot saytida ma'lum qilingan.

Paulo Koelo 1988 yilda yozilgan «Alkimyogar» romani bilan köpçilikka tanilgan. Uning oxirgi asarlari «Veronika ölimni tanladi» (1998), «Ğolib yolğiz qoladi» (2008) va «Edyulter» (2014) hisoblanadi. Uning kitoblari butun dunyo böylab 200 millionga yaqin sotilgan. Ular dunyoning 160 mamlakatida 80 tilga tarjima qilingan. Birgina «Alkimyogar» asari özbek tiliga uçta tarjimon tomonidan ögirilgan.