NAO kompaniyasining ommabop robotlari tuğuruqxonalarda katta hamşiralarning örnini egallaşi mumkin. Ular öquv kurslarini ötab bölgaç, tuğuruqxonadagi kiçik işlarni mustaqil bajarişlari mumkin böladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Ayni damda robotlardan ayrim jarrohlik amaliyotlarida muntazam foydalanilmoqda. Mutaxassislarning aytişiga qaraganda, robotlar bundan köra samaraliroq iş körsatişlari mumkin. Tahlillar şuni körsatmoqdaki, ular bemorlarning iltimosini bajarişi va muhim qarorlar qabul qilişi mumkin. Robotlarni öqitiş loyihasi boşliği Juli Şoxning ma'lum qilişiça, katta hamşiralar aksari hollarda oğir yumuşlarni bajarişlariga töğri keladi. Agar bir kişi bir vaqtning özida turli yumuşlarni bajarsa, uning çarçoği ortadi va xatolarga yöl qöyişni boşlaydi.
Robotlar ustida olib borilgan tahlillardan söng ular AQŞdagi tibbiyot markazlaridan birida sinov tariqasida iş boşladi. NAO robotlari tomonidan qabul qilingan 90 foiz qarorlar vraçlar va hamşiralarni xursand qilgan.







